Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Filipp II Makedonskiy vafotidan keyin (eramizdan avvalgi 336-yil) uning 20 yoshli o‘g‘li Aleksandr taxt vorisi bo‘lib qoldi. Sharq xalqlari orasida u Iskandar Zulqarnayn nomi bilan mashhur. Taxtga hech kim da'vo qilmayotganligiga ishonch hosil qilgach, eramizdan avvalgi 334-yilda u Kichik Osiyoga bostirib kiradi. Aleksandr boshdanoq Fors imperiyasini zabt etishni niyat qilganmidi-yo‘qmi, ma'lum bo‘lmasada, keyinchalik bu ish uning maqsadiga aylangandi. Uning armiyasining asosiy qismini 12 ming makedoniyalik va 12 ming yunonlar tashkil qilardi. Aleksandrga sadoqatli qo‘shinlar yaxshi mashq qildirilgandi. Qo‘rquv bilmas sarkarda bo‘lgan Aleksandr qushinni jangga o‘zi boshlab borardi. Ko‘p bora unga o‘lim xavf solgandi. Fors shohi Daryovush III unga nisbatan tajribasiz lashkarboshi edi. Forslar harbiy yurishlarga katta karvonni va hatto shoh xonadonidagi ayollarni ham olib yurishardi. Daroparda (chodir), mol-mulk va boshqa zeb-ziynat buyumlari tez harakat qilishga xalal berardi. Makedoniyaliklar armiysi esa, aksincha, a'lo darajada mashq ko‘rgan va doim jangga hozir edi. Makedoniyaliklar qo‘shinining dahshatli falangalari (saflari) dushman askarlari qatorini yorib o‘tishga mo‘ljallangandi. Dushman hujum qilgan holatlarda esa ular mudofaaga ham o‘tishi mumkin edi. Falanganing old qatorlaridagi askarlar sarissalar olib yurishar, ularning ortidan kelayotganlarni esa otiladigan snaryadlarni qaytarish uchun qalqon ko‘tarib yurishardi.
| |
Просмотров: 1806 | |
Всего комментариев: 0 | |