Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

ARXЕOLOGIYA QANDAY FAN?

Arxeologiya — bizni Yer yuzida o’tmishda yashab o’tgan kishilar hayoti bilan tanishtiruvchi fan. Uning yana bir nomi — qadimshunoslikdir. Bu fan sayyoramizda qadimda yashab o’tgan ikki oyoqlilardan qolgan barcha narsalarni o’rganish bilan shug’ullanadi.

Arxeologiyaning ishi ikki tarkibiy qismga bo’linadi. Ularning har qaysisi bilan shug’ullanish uchun maxsus tayyorgarlik talab etiladi. Birinchi qism — qadimgi manzilgohlar o’rnida qazish ishlari olib borish. Bu ishni asta-sekinlik va juda ehtiyotkorlik bilan olib borish lozim, qazib olingan, ko’pincha mo’rt bo’ladigan narsa-buyumlarga ziyon yetkazib qo’ymaslik kerak. qazish ishlari to’g’risida maxsus kundalikka qayd etib boriladi.

Ikkinchi bosqich — topilgan buyumlarni qunt bilan o’rganib, ularni batafsil tasvirlab borishdan iborat. Bu axborot tarix bilan qiziquvchi barcha kishilar uchun tushunarli bo’lishi darkor. Shundan so’ng bu ish tugaydi, arxeolog esa o’z xulosalarini chiqaradi.

Bu xulosalar hech mahal to’la bo’lmaydi, chunki ular saqlanib qolgan buyumlarni tadqiq qilishgagina asoslanadi. Ko’pincha bular qachonlardir kishilarning kundalik hayotida ishlatilgan buyumlardan iborat bo’ladi. Topilmalarning ko’p qismi qadimgi turar-joylar vayronalaridan, asbob-uskunalar, bezaklar va qimmatbaho buyumlardan, oshxonada ishlatiladigan asboblar, bolalar o’yinchoqlaridan iborat bo’ladi. Arxeologlar ko’pincha hayvonlarning suyak qoldiqlarini ham topadilarki, bu hayvonlarning go’shtlarini kishilar iste'mol qilganlar.

Biroq arxeologlar charm, gazlama, jun, yog’och yoki poxoldan tayyorlangan umri qisqa buyumlarni kamdan-kam topadilar. Shu sababli saqlanib qolgan qadimiy san'at asarlarini ham topishning imkoni bo’lmaydi. Faqat metalldan, toshdan yoki sopoldan yasalgan buyumlarnigina uchratib qolish mumkin.

Odamlarda insoniyat tarixiga qiziqish vujudga kelgan vaqtda arxeologiya fani yuzaga kelgan. Yunon tarixchisi Gerodot eramizdan avvalgi IV asrda qadimiy obidalarga qiziqib, Misrga keladi. Biroq qadimgi yunon sivilizatsiyasi tanazzulga yuz tutgach, go’yo tarixga qiziqish ham so’ngandek bo’lib qoldi.

Bu qiziqish XVI asrga kelib qayta jonlandi. Bu paytda Italiya va Gretsiyaga kelgan o’rta asrlar olimlari antik madaniyatning saqlanib qolgan qoldiqlariga e'tibor bera boshladilar. Italiyada yashovchilar qadimgi tangalarni, ko’zalarni va boshqa buyumlarni topish niyatida xarobalarni qaziy boshladilar. Tez orada «o’tmishni qazish» bilan ko’pchilik shug’ullana boshladi va shu tariqa arxeologiya faniga asos solindi.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 1128 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar