Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

AVESTO NIMA?

Eramizning birinchi asrlarida Yaqin Sharqda yuzaga kelgan zardushtiylik diniga e'tiqod qiluvchilarning muqaddas kitobi Avesto deb ataladi. Rivoyatga ko’ra, Avestoning matni ushbu dinning bosh payg’ambari Zardusht tilidan taxminan eramizning III—VII asrlarida uning shogirdlari tomonidan yozib olingan.

Bizgacha yetib kelgan matnlar 21 jilddan iborat bo’lgan, yo’qolib ketgan ulkan yodgorliklar to’plamining qoldiqlari ekanligini tadqiqotchilar aniqlashgay. Matnlarni tahlil qilish ular turli zamonlarda turli joylarda yaratilganligini ko’rsatadi. Uzog’i bilan VI asrda ular yagona to’plamga jamlanib, ushbu muqaddas matnlarni bitish uchun maxsus yaratilgan alohida alifboda yozilgan.

Katta Avesto deb atalmish kitobning asosiy qismi Gotlar deb ataladi. Bular

  • zartushtiylikning asoslarini bayon etuvchi besh she'riy kompozitsiyadan iborat. Gotlarning har biri 17 bobdan iborat.

Katta Avestoga Gotlardan tashqari, Yasna — yetti bobdan iborat bo’lgan, pandnoma tarzidagi uncha katta bo’lmagan asarlar, shuningdek, har xil qisqa duolar ham kiradi.

Kichik Avestoni yuqorida eslab o’tilgan Yasna — zardushtiylikning muqaddas matnlaridan eng asosiysi, poklovchi videvdat duolari, marosim qo’shiqlari — vispered to’plamlari, shuningdek, Yashtlar — turli ma'budlarga bagishlangan madhiyalar tashkil etadi.

Dastlab Avesto o’zlarini «forslarning eng yaxshisi», deb atagan, hayotini shu dinga bag’ishlagan bir qism odamlarga mo’ljallab bitilgan edi. Qo’lyozma o’sha davrning so’zlashuv tilida emas, balki deyarli hech kim tushunmaydigan tilda bitilgani shu bilan izohlanadi.

Hozirgi o’quvchi uchun Avestoning eng qiziq qismi Gotlardir. Ularda olamning yaratilishi va tuzilishi tamoyillari, uning kelajakdagi taqdiri bayon etiladi.

Gotlar matnini Bibliya bilan qiyoslash ularda umumiy jihatlar ko’pligini ko’rsatdi. Masalan, boshida barcha matnlar payg’ambarga ma'bud Axuramazda tomonidan yuborilgan farishta Voxuman tomonidan berilgachligi haqida hikoya qilinadi. Unda ham, Bibliyadagi kabi, zulmat doimo yovuz kuchlar kirdikorlari bilan bog’lanadi.

Hozirgi paytda zardushtiylikka e'tiqod qiluvchilar janubi-g’arbiy Eronda hamda hindistonning g’arbiy qismida saqlanib qolgan.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 1880 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar