Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
VIIi asr boshlarida Yevropa qirolliklari go‘yo xavfu-xatarlardan xoli edi. Ammo oradan 100 -yil o‘tib hamma narsa o‘zgarib ketdi. 711- yilda Vestgot qirolligiga mavrlar (shimoliy Afrika qabilalari) va arablardan iborat musulmon qo‘shinlari kirib keldilar. 720- yilga kelib ular vestgotlarni batamom tor-mor qilib, shak-shubhasiz yana shimol tomonga o‘z yurishlarini davom ettirishga tayyorlana boshladilar. Buyuk Karl 742- yil 2- aprelda dunyoga keldi. U 768- yilda otasi Pakana Pipin (Pipin Korotkiy) vafot etgach, qirol bo‘ldi. Karl ko‘plab bosqinchilik yurishlari natijasida bir paytda G‘arbiy Rim imperiyasiga qarashli bo‘lgan juda katta hududlarni o‘ziga bo‘ysindirdi. Franklar hukmdori Karl o‘z hokimiyatini yana tobora janub tomonga qarata kengaytirib bordi. 732- yilda Fransiyaning janubidagi Tur va Puatye hududlari oraligida uning askarlari Ispaniyadagi musulmonlar hukmdori Abdur-Rahmon lashkari bilan jangda ro‘baro‘ keldi. Mavrlar bu jangda mag’lub bo‘ldilar, hukmdorlari esa halok bo‘ldi. Shunday qilib mavrlarning G‘arbiy Yevropa tomon qilayotgan yurishlariga barham berildi. Karl shundan so‘ng Martell, ya'ni «bolga» laqabini oldi. 800- yilda Rimda juda ko‘p xalqlar to‘plangan yig‘inda, tantanali diniy-ruhoniy marosimlardan so‘ng franklar qiroli imperator deb e'lon qilindi. Mazkur marosimga rahnamolik qilgan Papa Lev III yangi imperator davrida qaror topgan cherkov va hokimiyat o‘rt asidagi iliq va yaqin munosabatlardan benihoya mamnunligini izhor qildi. O‘zining hadsiz-hududsiz, katta imperiyasida tartib o‘rnatish uchun Buyuk Karl imperiyani grafliklarga bo‘ldi va mazkur grafliklarni uning vakillari bo‘lmish graflar idora qila boshladi. Nihoyatda muhim masalalarni muhokama qilish uchun imperator yiliga ikki marotaba xalq yig‘inlarini chaqirardi. Biroq u o‘zining eng ishonchli va sadoqatli tayanchi deb katoliklar cherkovini bilar va ushbu cherkovga xilma xil imtiyozlarni bergan edi. Buyuk Karl — ilk o‘rta asrning eng yorqin shaxsidir. Uning faol aqlu zakosi, aql bovar qilmas jismoniy kuch-qudrati va jo‘shqin g‘ayrat-shijoati o‘z zamondoshlarini hamisha hayratga solardi. Imperator hamisha yelib-yugurib yurar, ko‘plab xayrli ishlarga shaxsan o‘zi bosh-qosh bo‘lardi. O‘ta suronli zamonda yashagan bo‘lishiga qaramasdan, hayotda ilm-ma'rifatning, madaniyat va maorifning ahamiyati beqiyosligini juda yaxshi anglardi. Uning hukmronligi davrida ochilgan yangi maktablarning soni benihoya ko‘p edi. Uning o‘spirinligida olgan ta'limi asosan jismoniy qudratini rivojlantirishga, otda yurishga va jangovar san'atlarni egallashga yo‘naltirilgan edi. Imperator biror hujjatga imzo chekishiga to‘g‘r' kelganida, uning o‘rniga maxsus hattot Karlning ismidan iborat monogrammani harflab yozib qo‘yar, Karl esa o‘z ismidagi «A» harfi ustiga chiziqcha tortardi xolos. Biroq, shunday bo‘lsada, u tabiatan juda qiziquvchan, o‘ta xotirasi kuchli inson edi, u o‘z davrining yetuk allomalari bilan muomala qilish jarayonida muttasil o‘z bilim doirasini kengaytirib borardi. Umuman olganda, savodsiz bo‘lsada, imperator o‘zidagi har tomonlama rivojlangan fahmu zakovati bilan atrofidagilarni hayratga solar va mohiyatan olganda o‘sha davrning eng o‘qimishli kishilaridan biri sanalardi. Biroq Karl 814- yil 28- yanvarda Axenada vafot etdi. Tarixda juda ko‘p bo‘lgani kabi, uning vafotidan keyin ham buyuk inson — Karlning o‘rniga iste'dodsiz merosxo‘rlar hokimiyat tepasiga keldi va nihoyatda ulkan, ko‘plab qabilalardan tarkib topgan imperiya tez orada parchalanib ketdi. | |
Просмотров: 3721 | |
Всего комментариев: 0 | |