Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Qadim-qadim zamonlardan buyon Osiyodagi Oltoy va Xingan tog’ tizmalarining yon bag’irlarida mo‘gullar yoki tatarlar nomi bilan ma'lumu mashhur bo‘lgan ko‘plab ko‘chmanchi xalqlar yashab kelishgan. XIII asrning boshlarida ular Temuchin tomonidan tuzilgan kuchli mo‘gul imperiyasiga birikdilar. Sahroyi asilzodalarning 1206- yilda o‘tkazilgan qurultoyi (s'yezdi) Temuchinni barcha mo‘g‘ultatar qabilalarining buyuk xoni deb e'lon qildi hamda uni Chingizxon unvoni bilan taqdirladi (Tengiz — turkiy tilda dengiz, ummon degan ma'noni anglatadi). Buning hech bir ajablanarli joyi yo‘q edi, zero 1204- yildayoq Temuchin hokimiyat uchun bo‘lgan kurashlarda o‘zining barcha raqiblarini kunpayakun qilib juda katta hududni o‘ziga bo‘ysindirib olgan edi. Tabiatan kuchli, irodali, o‘ta ayyor bo‘lgan Chingizxon ajoyib sarkarda ham bo‘lib chiqdi. U 1213- yilda Shimoliy Xitoyni zabt etdi, shundan so‘ng G‘arbga tomon yurish qilib, bosgan yo‘lida vayronagarchiliklar va dahshatlar urug‘ini sochib to Kaspiy dengizi va Armanistongacha yetib bordi. Tez orada mog‘ul- tatarlarning ilg‘or qo‘shinlari Qora dengiz bo‘yydagi cho‘llarga yetib keldilar va u yerdagi qipchoqlar bilan to‘qnashdi. Shundan so‘ng bu hudud aholisi Janubiy Rus knyazlaridan yordam suradilar. 1223- yilda Kalka daryosi bo‘yida katta jang bo‘lib o‘tdi. Mahalliy qipchoqlar va rus knyazlari mardonavor jang qildilar, biroq ularda hamjihatlik yo‘q edi, shu boisdan oxir oqibatda ular mag‘lubiyatga yuz tutdilar. Tatarlar asirlarni shafqatsizlarcha qirib tashladilar, qochishga tutingan lashkarlarni esa to Dnepr bo‘yigacha quvib bordilar, shundan so‘ng ular ortga qaytib Qrimga bosib kirdilar. Qo‘l ostidagi ulkan davlatni muvaffaqiyatli idora qilish uchun Chingizxon mo‘g‘ul-tatar qabilalarini tumanlar — deb nom olgan harbiy-ma'muriy birikmalarga ajratdi. Buyuk xonning talabiga muvofiq har bir tuman unga 1000 nafar otliq jangchi tayyorlab berishi lozim edi. Bundan tashqari aholining har qanday noroziligi, tarkibida 10 ming askar bo‘lgan Chingizxonning shaxsan o‘ziga qarashli qo‘shin tomonidan bostirilar edi. 1226- yilda buyuk xon tangutlar davlati Siyaga (ushbu davlat hozirgi Xitoy hududida joylashgan edi) yurish boshladi. Tangutlar davlatining zabt etilishi Chingizxonning eng so‘nggi zafari bo‘ldi. U 1227- yilning 25- avgustida vafot etdi. | |
Просмотров: 1577 | |
Всего комментариев: 0 | |