Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

DELF ORAKULLARI KIMLAR?

Qadimgi yunonlar, rimliklar, Sharq xalqlari biron-bir muhim qaror qabul qilishdan oldin xudolarga murojaat qilishga odatlangandilar. Ular savol berishar va Parvardigori olam javobini kutishardi. Bu javob biron-bir alomat, belgidan iborat bo‘lardi. Biroq odamlar, ko‘pincha, xudoning irodasini bevosita qabul qilib, dindorga yetkazuvchi kohinlarga murojaat etishardi. Delfdagi Quyosh, san'at va to‘qqiz ilhom homiysi hisoblanuvchi Apollon istiqomatgohi bo‘lmish Parnas tog‘i etagida joylashgandi. Yunonlar, Delf — olamning markazi, deb ishonishardi. Pifiya Delfning eng mashhur kohinasi edi. Quyuq tutun ichida turib, u bo‘g‘iq ovoz bilan, go‘yo xudoning gaplarini yetkazardi. Ehtimolki, Pifiya Delfdagi barcha kohinlar orasida eng omadlisi edi. Ko‘pincha u bergan xabarni yo keyin sodir bo‘lgan hodisalar tasdiqlardi, yo bo‘lmasa, uning xabarlari beziyon qolardi. Balki Delfda uning xabarchilari ko‘p bo‘lgandir? Yo shunchaki omad kulib boqqanmikan? Biroq kunlardan bir kun kohinlardan biri yunonlarga forslar bilan jangga kirmaslik to‘g‘risida maslahat beradi. Lekin yunonlar bu urushda g‘olib chiqishdi. Shundan so‘ng kohinlarning obro‘-e'tibori tushib ketadi va ularning yordamiga borgan sari kamroq murojaat qilinadigan bo‘ladi.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 971 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar