Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

EXIDNA NIMA?

 

Exidna — uchratish mumkin bo’lgan g’ayrioddiy hayvonlardan biridir. Exidnaning tirnoqlari uzun, tumshug’i naychasimon va tipratikan yoki jayra ignasi yoki nayzasini eslatuvchi kalta, qattiq tikanaklar bilan qoplangan. Ammo eng g’aroyibi — bu sut emizuvchi tuxum qo’yadi!

Bundan tashqari, u garchi sut emizuvchi hisoblansada, unda xuddi qushlardagi kabi bitta chiqarish teshigi bo’lib, u ham tuxum qo’yishga, ham ichni bo’shatishga xizmat qiladi. Shuning uchun exidnani va o’rdak-burunni «qush-hayvonlar» deb atashadi.

Exidna yer kavlaydi ham o’zining asosiy ozig’i bo’lgan chumolilar va hasharotlarni tutib yeydi. Exidna Avstraliya va Yangi Gvineyada yashaydi. Uning tumshug’i cho’ziq va ingichka, naycha shaklida bo’ladi. Uning oyoqlari kalta va kuchli, uzun, qayrilgan tirnoqlari bo’lib, ular yerni kovlashga xizmat qiladi. Exidnaning tili uzun va yopishqoq, hasharotlarni tutish uchun cho’zilish qobiliyatiga ega. Yangi Gvineyada yashaydigan exidnaning uzunligi 80 saytimetrga yetishi mumkin, uning Avstraliyadagi turi esa bir muncha kichikroq bo’ladi.

Bola parvarishlash davrida exidna qornida orqa tomonga ochiladigan xaltacha paydo bo’ladi. Tuxumni qanday qilib u yerga tushib qolishini hech kim aniq aytib berolmaydi. Har holda exidna tuxum qo’yayotgan vaqtda tuxum to’g’ri shu xaltachaga tushadigan qilib buralsa kerak.

U tuxumlarni bola ochguncha ko’tarib yuradi va bolalar xaltacha torlik qilib qolguncha unda yashaydi. Ona ovga chiqqanda bolalarini birorta uyada yoki pana joyda qoldiradi.

Xavf tug’ildi deguncha exidna darhol turgan joyida yerga ko’miladi va dushman ko’z oldida o’tkir ignalargina qoladi. To’liq yerga ko’milishi uchun exidnaga bir necha daqiqa kifoya.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 1354 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar