Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

FIR'AVNLAR KIMLAR?

Misrni «Nilning tuhfasi» deyishadi. Agar daryo bo’lmaganida, ikki tomonidan sahro bilan o’rab olingan bu vodiyda hech narsa o’smagan o’lardi. Nilning har yili toshishi yerni unumdor zaminga aylantirgan, eramizdan avvalgi V ming yillikka kelib uning sohillari bo’ylab deqqonchilik bilan shug’ullanuvchilarning manzilgohlari paydo bo’lgan. Asta-sekin ikki podsholik — shimolda quyi Misr va Janubda Yuqori Misr paydo bo’lgan. Ularni birinchi fir'avn Menes eramizdan avvalgi 3200 yillarda birlashtirgan.

Misrliklar o’z hukmdorlarini tirik xudo deb hisoblashar, u butug hayotga.shuningdek, Nilning toshishiga ham o’z hukmini o’tkazadi, deb ishonishardi. Shoh Per'ao deb ataladigan, «buyuk uy» ma'nosini bildiradigan saroyda yashardi. «Fir'avn» nomi shundan kelib chiqqan.

Tirik fir'avn lochin boshli quyosh xudosi — Goraning timsoli deb hisoblanardi. O’limidan so’ng fir'avn oxirat xudosi — Osirisga tenglashtirilardi. Misrliklar o’lim — oxiratdagi hayotning boshlanishi deb ishonganliklari bois oxiratdan abadiy hayotga mo’ljallab qurilgan maqbaralar — uylarga o’sha keyingi hayot uchun zarur bo’lgan barcha narsalarni joylab qo’yishardi.

Ehromlar qadimgi Podsholik hukmdorlarining maqbaralaridan iborat edi. Biroq ular tez-tez talab turilgani uchun o’rta va Yangi Podsholik fir'avnlarini alohida ajratilgan Podsholar Vodiysiga dafn eta boshlaganlar. Barcha ehtiyotkorlik choralari ko’rilishiga — yashirin ravishda dafn etilishiga, maqbaraga kiriladigan yo’l niqoblanishiga qaramay, bu daxmalarning ham ko’pchiligi talon-toroj qilingan. Yosh podsho Tutanxamonning maqbarasigina bunday talonchilikdan omon qolgan. 1922 yili uni Govard Karter topgan. Bu yerga shunchalik ko’p boylik qo’yilgan ekanki, uni bir necha yil davomida tashib chiqishgan. Ko’plab go’zal buyumlar hozir Qohiradagi muzeyga qo’yilgan, biroq podshoning mo’miyolangan jasadi maqbarada qoldirilgan.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 1093 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar