Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

GLADIATORLAR KIMLAR?

Qadimgi Rimda tomoshabinlar dilini xushnud etish uchun gladiatorlar jangi o‘tkazilgan. Bu akrobatlar, dorbozlar chiqishlari yoki musiqiy va teatr tomoshalari singari odatiy hol bo‘lgan. Farqi shuki, gladiatorlar janglari albatta qon to‘kish bilan tugagan. Bir gladiator boshqasini o‘ldirgan. Ommaga bunday tomosha yoqar va xalq unga guras-guras bo‘lib kelardi. O‘lim bilan tugaydigan bunday olishuvlardan faqat oddiy xalq huzur qilib qolmasdi. Tomoshabinlarning birinchi qatorida patritsiylar, rimlik aslzodalar vakillari o‘tirishardi. Sahnada halokatli jang olib borayotgan odamlar esa gladiatorlar deb atalardi. Bu nom lotincha «Gladius»

  • qilich so‘zidan kelib chiqqan. Boisi — gladiatorlar o‘tkir charxlangan qilichlar bilan jang qilishardi.

Har bir jangda o‘nlab, yuzlab odamlar halok bo‘lar, ularning o‘rnini boshqa gladiatorlar to‘ldirishardi.

Gladiatorlarni qayerdan topishardi va ular nima sababli bunday dahshatli«ishga» rozi bo‘lishardi?

Gladiatorlar, birinchi navbatda, o‘z harbiy qudrati bilan shuhrat topgan Rimda doimo ko‘p bo‘ladigan harbiy asirlar orasidan tanlab olinardi.

Jinoyatchilarni, ya'ni qaroqchilik, isyon, qotillik va boshqalar uchun jazo tayinlangan fuqarolarni ham gladiator bo‘lishga majbur etishardi: ularni qamoqqa jo‘natmay, «qilich»ga — «ad gladium»ga hukm qilishardi. Bir kun Yahudo podshosi Agrippa (o‘sha paytda Yahudo ham Rim imperiyasi tarkibiga kirardi) Bayrutdagi amfiteatrda har tomondan 700 kishidan iborat bo‘lgan jinoyatchilar guruhini jangga tushirishni amr qiladi. Shu tariqa barcha jinoyatchilar qilichbozlik qilib, bir-birini o‘ldirib yuboradi.

Gladiatorlar orasida qullar ham ko‘p bo‘lgan. Biroq ba'zan ozod fuqarolar ham o‘z xohishi bilan gladiatorlikni tanlashardi. Ba'zi hollarda esa hatto ayollar ham gladiatorlar guruhiga kelishardi. Fasos orolilik Gekateyaning nomi ma'lum: bu ayol ko‘ngilli ravishda gladiatorlikni tanlagan. Ayrim ozod fuqarolar muhtojlik yoki hayotdan hafsalasi pir bo‘lganligi bois gladiatorlikni tanlashga majbur bo‘lishardi. Lekin ba'zan hayotdan zerikkanlar ham bo‘lardi-ki, ular gladiatorlar jangidagi dahshatdan lazzat olishardi.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (26.03.2016)
Просмотров: 1196 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar