Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Turli hayvonlar dumlaridan turlicha foydalanadi. Olmaxon, suvsar va maymunlarning ayrim turlari dumlari bilan shoxlarga yopishib yoki yuqorida ular vositasida muvozanat saqlab, arqon sifatida foydalanadi. Kenguru o’zining uch metrlik dumida taburetkada o’tirgandek o’tiradi, qushlar esa dumlaridan rul yoki tormoz sifatida foydalanadi. Ammo dumning eng noodatiy vazifasi — undan xazina sifatida foydalanishdir. Mulkingni o’zing bilan olib yurishga nima yetsin. Qo’shtuyoqlilar, echkemarlar ortiqcha yog’ni dumining asosida to’playdi. Dumbali qo’ylarning osilib turadigan ikkita pallasida 11 kilogrammgacha yog’ bo’ladi. Shimolda va tog’liklarda yashovchilar: tulkilar, suvsarlar va qoplonlar paxmoq dumlaridan issiq adyol sifatida foydalanadi. Tulki qishda uyadan foydalanmaydi. Kechasi u qor ustida yotadi, g’ujanak bo’lib, oyoqlarini ichiga oladi, tanasining tuklar bilan himoyalanmagan yagona qismi — burnini dumi bilan yopadi. Hayvonlar dumlaridan saqlovchi arqon yoki beshinchi qo’l sifatida foydalanadi. Shimoliy Amerika opossumlarining dumi uzun va kuchli bo’ladi. Opossum (qopchiqli kalamush) daraxtlar shoxlarida yurar ekan, dumi bilan shoxlarga yopishadi va hatto unda osilib turishi mumkin. Uya qurar ekan, urg’ochisi xashakni donalab yemas, balki dumi bilan o’rab, bog’lamlab o lib keladi. Avstraliyaning eng kichik kengurularidan biri — cho’tkadumli kalamush kenguru ham shunday qiladi. Dumi baquvvat maymunlarda dum beshinchi qo’l vazifasini bajaradi. Ular dumlarini daraxt shoxiga o’rab olib, qo’llarini boshqa foydaliroq ish uchun bo’shatadi. Ba'zida, aksincha, oyoqlari bilan daraxtga yopishib, dumi bilan pishgan mevalarni uzib og’ziga soladi. Dum beshinchi qo’l vazifasini o’tashi uchun undagi yung siyraklashadi, ko’pincha jun umuman bo’lmaydi yoki loaqal dumning uchidan foydalanganda halaqit bermasligi uchun tuksiz bo’ladi. Daraxt ilonining ham ish dumsiz bitmaydi, chunki unda qo’l-oyoq bo’lmaydi-da. Ilon dumining uchi bilan shoxga yopishib, o’zining ingichka bir yarim-ikki metrli tanasini pastga osiltiradi va boshini quyi osiltirgancha tayanch izlaydi, agarda uni topolmasa, dumi bo’ylab o’zi hozirgina osilib tushgan shoxga qayta ko’tariladi. | |
Просмотров: 1447 | |
Всего комментариев: 0 | |