Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Ehtimol, sizga sirkda oddiy arifmetik masalalarni yecha oladigan, o’rgatilgan tyulenlar, ayiqlar, itlarni ko’rish nasib etgandir. Shunday paytda bu hayvonlar sanashni bilar ekanda, degan tasavvur paydo bo’ladi, to’g’ri emasmi? Ammo aslida hech ham bunday emas. Bu holatda tyulen yoki it o’z o’rgatuvchisidan «ko’rsatma» oladi, xolos. «Beshdan ikkini ayirsak, qancha qoladi?» — savoliga uch marta vovullab javob qaytargan it o’z egasidan tomoshabinlarga sezdirmay berilgan signal, masalan, bosh siltash asosida to’xtaydi. Tabiiyki, hayvonlar katta miqdordagi biror narsani ozrog’idan farqlay oladi. Ularning ko’pchiligi biriga beshta, ikkinchisiga oltita yemish solingan ikkita savatdan oltita yemish solinganini tanlaydi. Ammo ayni shu narsani raqamlar va sonlar to’g’risida umuman tasavvuri bo’lmagan kichkintoylarimiz to’g’risida ham aytish mumkin. Biroq ko’pni ozdan ajrata bilish va sanay olish — bu ayini bir narsa degani emas. Shunday bo’lsa-da, olimlar hayvonlar va qushlarning ayrim turlari haqiqatan ham sanash qobiliyatiga ega deb taxmin qiladilar. Bunday fikrni tasdiqlash maqsadida olib borilgan tadqiqotlardan birida kaptarga donni bittalab sanab berishgan. Bunda har safar oltita sifatli dondan so’ng unga yeyishga yaroqsiz yettinchi don berilgan. Ma'lum vaqt o’tgach, kaptar oltitagacha sanashni o’rgangan va unga yettinchi donni berishganda, u hatto donga qayrilib qo’ymagan. Yana bir tajribada shimpanzega yerdan bitta, ikkita, uchta, to’rtta yoki beshta tayoqchani terib olish va qancha so’ralsa, shuncha berishga o’rgatishgan. Ammo tayoqchalar soni beshtadan ortgach, shimpanze adashgan va xato qila boshlagan. | |
Просмотров: 876 | |
Всего комментариев: 0 | |