Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

HAYVONLARNI O’QITIB BO’LADIMI?

 

Hammasi «o’qitish» deganda nimani tushunishimizga bog’liq.

Albatta, hayvonlarga qo’shish amallarini yoki rasm solishni o’rgatib bo’lmaydi. Ammo ularni tug’ilganlaridanoq xos bo’lgan instinktlarga nisbatan boshqacharoq tutishga o’rgatish mumkin bo’ladi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, barcha guruhlardagi hayvonlarni o’rgatish mumkin, deya olmaymiz. Chunki ular aksariyatining xatti-harakat xususiyatlari to’g’risida biz deyarli hech narsa bilmaymiz. Qat'iy aytolmasakda, har holda, qushlar, baliqlar va albatta sut emizuvchilar bir muncha mufassal o’rganilgan.

Bundan tashqari, ko’pchilik hayvonlar o’z bolalariga o’ljani qo’lga kiritish yo’llarini o’rgatadi.

Ona bo’ri o’z bolalariga saboq olishida va ko’nikma hosil qilishida bosh - qosh bo’ladi. Buning uchun u uyasiga chalajon hayvonni sudrab keladi va ov usullarini bolalariga o’rgatadi.

Sherning bolalari bir-biri bilan bamisoli kelajakda o’z o’ljalariga qanday tashlanishni mashq qilgandek o’ynashadi. Mushuk ham sichqonni qanday ovlash kerakligini bolalariga shu yo’sinda o’rgatadi.

Hayvonlarni o’rgatish ko’p hollarda odamlarga katta foyda keltirishi mumkin. Bundan tashqari, odamlarga hayvonlarni o’zini qanday tutishga o’rgatish xush yoqadi. Gap shundaki, bolalar bilan hayvonlarni o’rgatish o’rtasida unchalik jiddiy farq yo’q. Shuning uchun ham o’rgatilgan hayvonlar fe'l-atvoridagi ko’p jihatlarni o’rganish, inson xatti harakatini aniqlab olishimizga yordam beradi.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 801 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar