Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Din o’zi nima? «Din» so’zi shunchalar ko’p ma'noga egaki, ularni amalda bir necha so’z bilan ifodalab bo’lmaydi. Biroq olti xil fazilat ko’pchilik dinlarga xosdir. Keling, ularni qisqacha ko’rib chiqaylik:
Jahondagi dinlarning ko’pchiligi ana shu olti qoidaga asoslanadi. Ibtidoiy odamlarning hayvonlar, toshlar, daryolar va boshqalarning «ruhi»ga sig’inishni o’z ichiga oluvchi dinlari eng sodda dinlar hisoblanadi. Keyinchalik sivilizatsiya rivojlana borishiga ko’ra, ko’p xudolikka asoslangan dinlarning aksariyati tugab ketdi. Masalan, misr, vavilon, ossiriya, yunon, rim, shuningdek, kelt va skandinaviya dinlari «o’lik dinlar» qatoriga kiradi. Lekin ko’plab dinlar hozirga qadar saqlanib qolgan. Ulardan eng mashhurlari induizm, buddaviylik, konfutsiylik, daosizm, sintoizm, zardushtiylik, islom, yahudo dinlari va nasroniylik (xristianlik)dir. Bu dinlarga e'tiqod qiluvchilar jami — 2 549 161 000 kishi. Bu sivilizatsiyalashgan dunyoning ko’pchiligini tashkil etadi. Eng keng tarqalgan dinlardan induizmga e'tiqod qiluvchilar 460 millionga yaqin bo’lib, ularning ko’pchiligi hindistonda yashaydi. Buddaviylikka 250 million kishi e'tiqod qiladi, ularning ko’pchiligi Xitoy va Yaponiyada istiqomat qiladi. Konfutsiylikka 153 millionga yaqin, daosizmga 20 millionga yaqin odam e'tiqod qiladi. Sintoizmga — 32 millionga yaqin, zardushtiylikka — 250 mingga yaqin, islomga esa Osiyo va Afrikada 550 millionga yaqin kishi e'tiqod qo’ygan. Yahudo diniga 17 millionga yaqin kishi e'tiqod qiladi. Nasroniy diniga bugungi kunda boshqa dinlarga nisbatan eng ko’p — taxminan 1 milliard 62 millionga yaqin kishi e'tiqod qiladi. | |
Просмотров: 2567 | |
Всего комментариев: 0 | |