Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Rimliklar, xudolarimiz inson qiyofasiga kiradi va ularning har birining o‘z faoliyat sohasi bor, deb ishonishardi. Venera go‘zallik va muhabbat ma'budasi edi. Yuliy Sezar o‘zini troyalik Anxiz va Veneraning o‘g‘li qahramon Eney avlodidan deb hisoblar, shu bois uning sharafiga Rimda ibodatxona qurdirgandi. Unumdorlik, uzumchilik va vinochilik ma'budi Vakxni (yunoncha Dionisni) yunonlar ayniqsa e'zozlashardi. Ov ma'budasi Dianani odatda qo‘lida o‘q-yoyi bilan tasvirlashardi. U yana nabotat ma'budasi va ayollar homiysi hisoblanardi. Yupiterning xotini Yunona ayollarning bosh xudosi hisoblanardi. Ilk rim davrida unga faqat onalikning homiysi sifatida e'tiqod qilishgan edi. Keyinchalik u Rim davlatining asosiy ma'budalaridan biriga aylangan. Merkuriy — hunar va savdo, foydali bitimlar, tadbirkor yo‘ldoshlar ma'budi. Uning yunon qiyofadoshi xudolarga xabar beruvchi Germes edi. Uni ham, Merkuriy singari, dubulg‘asida qanotlar bilan hamda shippakda tasvirlashardi. Yupiter (yunoncha Zevs) xudolar shohi va odamlar hukmdori, osmonlar, momaqaldiroq va yashin xudosi bo‘lib, uni taxtda va o‘z ramzi bo‘lmish burgut ushlab o‘tirgan holda tasvirlashgan. Rimliklar o‘z xudolari sharafiga ibodatxonalar qurishar, oliy kohin — pontifik esa marsiyalarni va qurbonlik qilishni amalga oshirardi. Marosim shahar bo‘ylab yurishdan boshlanib, mo‘ljallangan jonlik qurbon qilish bilan tugashi mumkin edi. | |
Просмотров: 2006 | |
Всего комментариев: 0 | |