Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

QADIMGI YUNONLARNING XUDOSI NECHTA EDI?

Bu savolga javob berish juda ham o‘ng‘ay: Zevs boshchiligidagi Olimp xudolari o‘n ikkita bo‘lib, ular quyidagicha juft-juft edi: Zevs —

Gera, Poseydon — Demetra, Apollon — Artemida, Ares — Afrodita, Germes — Afina, Gefest — Gestiya. Bu xudolarning bari kuplab marosimlar vositasida yo‘qlanar, eng asosiy marosim — lektisterniy — xudolarni mehmon qilishdan iborat edi.

O‘n ikki xudodan iborat davraning yuzaga kelishi qadimgi odamlarning yulduzlar va yoritgichlarni ko‘p yillik kuzatuvlariga asoslangan bo‘lib, yilning o‘n ikki oyga bo‘linishyda o‘z aksini topdi.

Asosiy xudolar yig’ini Fidiy (eramizdan avvalgi 438- yil) tomonidan Parfenonning shar-qiy frizida aks ettirilgan. Unda xudolar Panafineya yurishini o‘tirgan holda tomosha qilayotganlari tasvirlangan.

Biroq yunonlar, bu xudolardan tashqari, ko‘plab boshqa ma'budlauga ham topinishgan. Bu xudolar masalan, Gekata (sehr-jodu ma'budasi) kulti juda qadimdan yetib kelgan. Ayrim xudolar (Dionis, Vakx va Pan) Yunonistonning muayyan viloyatlari homiysi bo‘lgan.

Yunonlar xudolardan tashqari ko‘plab shaharlar (nimfalar) hamda mahalliy ma'budlarga ham topinishgan. Ular daryolar, sharsharalar, alohida makonlarning homiylari hisoblangan. Ular sharafiga ko‘plab ma'badlar barpo etilgan va qurbonliklar qilingan.

Eramizdan avvalgi 217- yilga kelib rimliklar yunonlardan o‘n ikki xudolar davrasini o‘zlashtirib olishgan, bu esa, xususan, rimliklar hamda yunonlar xudolari o‘rtasida to‘la muvofiqlik o‘rnatilishiga olib kelgan. Zotan, rimliklar xudolari ham juftlarga bo‘lingan. Bular: Yupiter — Yunona, Neptun — Amfitrita, Mars — Venera, Appolon — Diana, Vulkan — Vesta, Merkuriy — Minerva.

Ayni chog’da rimliklar boshqa ayrim ma'budlarni ham o‘zlashtirib, ularga o‘zlaricha nom berdilar. Masalan, Dionisga ular Baxus deb nom berdilar.

Rang tasvirda o‘n ikki xudo mavzusi Bellini, Rubens, katta Breygel, Tyepololar tomonidan ishlangan. Ularning siymolaridan Shiller eng yaxshi she'rlaridan biri — «Yunoniston xudolari»ni yozishda ilhom olgan.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 3850 | Рейтинг: 5.0/1
Всего комментариев: 0
avatar