Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Yevropalik sayyohlar Yangi Dunyoga borganlarida o’zlariga g’aroyib va yangi tuyulgan narsalarni olib qaytganlar. Masalan, Janubiy Amerika opossumi (qopchiqli kalamush) 1500 yili Braziliyadan olib kelingan, 1770 yili esa kapitan Kuk o’zi Avstraliyada ko’rgan kenguru to’g’risida gapirib bergan. O’sha vaqtgacha Yevropada hech kim bunday hayvonlar to’g’risida eshitmagandi — ular haltalilar edi. Xaltalilar sut emizuvchilarning alohida turkumi hisoblanadi. Ularning ilmiy nomi «xalta» degan ma'noni anglatuvchi «marsupion» so’zidan kelib chiqqan. Bu hayvonlar tug’ilganidan so’ng onasi tanasidagi xaltadan chiqmay yashashlari va oziqlanishlari bilan ajralib turadi. Bu ular uchun juda zarur, chunki xaltalilar tug’ilganda shu qadar kichik va zaif bo’ladiki, ular o’zini-o’zi eplay olmaydi. Ular hatto oziqlanishni ham bilmaydi. Yosh kenguru va opossumlar hatto bir muncha katta bo’lib qolganlari da ham biror xavf tug’ilib qolguday bo’lsa, yugurib kelib onalarining xaltalariga kirib yashirinadi. Tog’larda topilgan toshga aylangan hayvonlar qoldiqlariga asoslanadigan bo’lsa, qachonlardir haltalilar kurrai zaminning hamma yerida yashagan. Hozirgi kunda haltalilarning deyarli barcha turini Avstraliya va uning atrofidagi orollardagina uchratish mumkin. Shimoliy va Janubiy Amerikada yashovchi xaltalilarning yagona vakili bo’lgan opossum ularning har xil turlardan biridir. Avstraliyada xaltalilarning g’oyat xilma-xil turlarini: uzunligi bir necha dyuym bo’lgan ko’rsichqonga o’xshash mu'jaz jonzotlardan to ulkan kengurugacha uchratish mumkin. Ulardan ayrimlari, masalan, bandikutlar quyonga o’xshab ketadi. Boshqalari, aytaylik, vombatlar kunduzga, tilatsinlar (yoki tasman bo’rilari) bo’riga o’xshash bo’ladi. Haltalilar yerda yoki maymunlar kabi daraxtlarda yashay oladi. Haltalilar oilasiga mansub kuskuslarning ayrimlari hatto uchuvchi olmaxon kabi daraxtdan daraxtga uchib o’tishi mumkin. Haltalilar juda xilma-xil yemishlar bilan oziqlanadi. Ularning ayrimlari faqat sabzavot, boshqalari hasharot yoki go’sht, yana boshqalari esa topgan-tutganini iste'mol qiladi. | |
Просмотров: 1178 | |
Всего комментариев: 0 | |