Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

SALB YURISHLARI NIMA?

XI—XIII asrlar Yevropa uchun gullab-yashnash va barqarorlik davri bo‘lganligini yaxshi bilamiz. Biroq, shunday bo‘lsada, ko‘plab Yevropa qirollari kuchli amaldorlarning qarama-qarshiliklariga duch kelar, yoki qo‘shni davlatlar bilan bo‘ladigan o‘zaro hududiy mojarolar domiga tortilar edi. 1070- yildan to 1120- yilga qadar Germaniyani muttasil o‘zaro urushlar holdan toydirgan bo‘lsa, Angliya va Fransiya ham Janubiy Fransiya hududida joylashgan Akvitaniya uchun to‘xtovsiz janjallashar edi.

Yevropaning barcha qirollari, ritsarlari va hatto cherkov ruhoniylari ham yana bir o‘ziga xos bosqinchilik urushlarining komiga tortilgan bo‘lib, bu urushning nomi — Salb yurishlari edi. Bu urushlarda nasroniy askarlari musulmonlardan o‘zlari uchun «Muqaddas tuproq» deb ataganlari, ya'ni Quddus shahri atrofidagi yerlarni (hozirgi Isroil va Iordaniya hududi) tortib olishga urinar edilar.

Salb yurishlari — o‘rta asrlarga xos bo‘lgan oliy ideallarning ochko‘zlik va shafqatsizlik bilan qorishiq holdagi ko‘rinishiga eng yaqqol dalil edi. Albatta, ko‘plab jangchilar salb yurishlariga, Xristos yashab, vafot etgan zaminda nasroniy podsho hukmdor bo‘lishi uchun qatnashar edi. Biroq bu urushlarda boshqa maqsadlar bilan ishtirok qiluvchilar ham bisyor edi: bu yurishlar ularga shon- shuhrat yoki boy o‘lja olib kelardi. Ayrimlarni esa sarguzashtlarga ishqibozligi salbchilar safiga qo‘shardi. Nasroniylar lashkarlari o‘z dushmanlari — musulmonlarga qarshi janglarda o‘ta shafqatsizliklar ko‘rsatib necha-necha bor o‘zlarini sharmanda qilib, isnodga qo‘ydilar. Natijada 1291- yili bu urushlar mag‘lubiyatga uchrab salbchilar Yevropaga butunlay qaytib ketdilar.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (26.03.2016)
Просмотров: 1870 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar