Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

SALJUQIY TURKLAR KIMLAR EDI?

Alloh tomonidan kishilarni yaxshi hayotga da'vat qilish uchun yuborilgan Muhammad payg‘ambar 632- yilda vafot etdi. U vafot etgandan keyingi 150 yil davomida Ispaniyadan to Xitoy chegaralarigacha bo‘lgan hududda musulmon xalifalari hukmronlik qildilar. Ular davlatni boshqarishning yangi, Qur'oni karim aqidalariga asoslangan shaklini yaratdilar va takomiliga yetkazdilar (zero, musulmonlarning nuqtai nazariga ko‘ra Qur'onda Muhammad bevosita Allohning kalomini bayon etgandir).

Islomning yangi mamlakatlarida mahalliy urf-odatlar, ko‘nikmalar, masalan qishloq xo‘jaligini yuritish usullari, turli kasbu hunarlar, me'morchilik shakllari va kiyinish madaniyati asosan avvalgidek, o‘zgarmasdan qoldi, albatta. Biroq ularning xalqlari ko‘pmillatli yagona islom hamjamiyatiga birikdilar va yagona dinning xayrli ta'siri ostida o‘zaro yaqin munosabatga kirishdilar, zero islom aqidalari, hamda yagona arab tilining ham bunda beqiyos xizmati bor edi. (Zero, barcha diniy marosimlar, toat-ibodatlar, hatto rasmiy davlat hujjatlari ham arab tilida yuritilar edi).

Shuningdek kishilar orasida do‘stona va hamkorlik aloqalarining vujudga kelishida, musulmonlar bajarishi lozim bo‘lgan sharafli amal — Makkaga (ziyorat) haj qilishning ham juda katta ahamiyati bor edi. Biroq XII asrning boshlariga kelib to O‘rta yer dengizining sohillarigacha bo‘lgan g‘arbiy musulmonlarning yerlari tobora ko‘proq bosqinchilik talonlariga uchray boshladi. Musulmon lashkarlari va Vizantiya qo‘shinlari o‘rtasida ham to‘qnashuvlar bo‘lib va mojarolari ro‘y bermasin, bari bir «musulmon olamining yuragi» bo‘lgan mamlakatlar — Arabiston, Yaqin Sharq, Fors davlati, Mesopotamiya hamda Shimoliy Hindiston va O‘rta Osiyoda ularning hukmdorligi qat'iy va barqarorligicha qolaverdi.

X—XI asrlarda saljuqiy turklarning maydonga chiqishi tufayli musulmonlarning hukmronligi yanada mustahkamlandi. Bir guruh O‘rta Osiyo ko‘chmanchi xalqlaridan bo‘lgan Saljuqiylar musulmonlar zaminiga borib o‘rnashib qoldilar, ko‘plab mamlakatlarni o‘zlariga bo‘ysin-dirdilar va tez orada musulmon dinini qabul qildilar. Ular o‘zlarining yangi dinlarini himoya qilishga shay qudratli, yaxshi tayyorgarlikka ega harbiy kuchga aylandilar.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (26.03.2016)
Просмотров: 1863 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar