Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

SIVILIZATSIYA NIMA?

Qandaydir sabablarga ko’ra boshqa turlar orasidan ajralib chiqqan odam sivilizatsiya deb atalmish yo’ldan rivojlanib bordi. Turli bosqichlarda odamning hayvonlardan farqi kam edi. U gapira olmas, topganini yer, boshpanasi yo’q edi. So’ng, yovvoyilarcha hayotning ilk bosqichida u olov yoqishni va baliq yeyishni o’rgandi. Keyinroq qo’pol qurollarni ov va o’zini himoya qilish uchun yasay boshladi, oilalar esa qabila bo’lib birlasha bordi. Yana ham keyinroq ovqat tayyorlash va uni saqlash uchun idish tayyorlashni o’rgandi. Shunday bo’lsada, odam ibtidoiy holatida qolaverdi.

Keyingi qadam biz varvarlik deb ataydigan davr bo’ldi. Odamlar oziq bo’ladigan o’simliklarni yetishtirishni o’rgandilar hamda inson uchun biron-bir foydasi bo’lgan yovvoyi hayvonlarni qo’lga o’rgata boshladilar. Keyinchalik temir va mis singari metallardan qanday foydalanishni bilib oldilar va shu tariqa ov hamda o’zini himoya qilish uchun nisbatan takomillashgan qurollar yasay boshladilar. O’sha paytlardayoq odamlar o’zlari uchun turar-joylar qura boshladilar.

Varvarlikning oxiriga kelib inson o’zining asosiy yutug’i bo’lgan, sivilizatsiyaning rivojlanishini belgilab bergan narsani ixtiro qildi. Bu yozuv edi. O’sha davrlarda ilk yozuv rasmlardan iborat edi, biroq vaqt o’tishi bilan Yer yuzining turli joylarida alifbo paydo bo’la boshladi.

Yozuvning kashf etilishi sivilizatsiyaning boshlanishini bildiradi, deb hisoblashga sabab shundan iboratki, insonda o’tmish hodisalari to’g’risida xotiralar saqlab qolish va shu tariqa o’z tajribasini boshqalarga qoldirish imkoni paydo bo’ldi.

Bu paytda odamlar muayyan bilimlarga muvofiq qanday yashash kerakligini o’rgana boshladilar, boshqacha aytganda, boshqarish tizimini yarata boshladilar. Ayni mahalda ezgulik va yovuzlik, yaxshilik va yomonlik to’g’risida ilk g’oyalar, ya'ni axloq deb atalmish rutba paydo bo’ldi.

Bularning bari qachon bo’lib o’tdi? Bu jarayonning ildizlari asrlar qa'riga yashiringan bo’lib, insonning yer yuzida istiqomat qilishining ilk kunlariga borib taqaladi. Sivilizatsiyaning alomatlari esa eramizdan avvalgi oltinchi ming yillikda namoyon bo’la boshlagan.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 1382 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar