Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

SPARTANCHA TARBIYA QANDAY TARBIYA?

Eramizdan avvalgi sakkizinchi asrda Yunoniston shaharlaridan biri — Spartada jangari doriylar qabilasi yashagan. Ularni, istiqomat joylari nomidan kelib chiqib, spartaliklar deb ham atashgan. Ular qo‘shni hududlarga bosqinlar qilib, u yerlarda yashaydigan qabilalarni qul qilishardi. Ko‘plab harbiy yurishlar doriylar

  • spartaliklardan katta kuch va chidamlilik talab qilardi. O‘shanda Spartada bolalarni jismoniy tarbiyalashning alohida tizimi yuzaga keldi.

Spartalik barcha o‘g‘il va o‘omir bolalar yoshiga ko‘ra otryadlarga bo‘lingan. Bu otryadlarda bolalar tarbiyasi juda qattiq bo‘lgan. Bunda yagona maqsad — barcha spartalik bolalarni kuchli hamda jismoniy jihatdan chiniqqan qilib tarbiyalash maqsadi qo‘yilgandi. Zotan, bu talab o‘gil bolalarga ham, qiz bolalarga ham birdek qo‘yilardi. Chunki kelajakda shu qizlar soglom ona bo‘lmogi lozim edi.

Qadimgi yunon tarixchisi Plutarx o‘g‘il bolalarni tarbiyalash tizimini quyidagicha tasvirlaydi: «Ularning savodi faqat zarur darajadagina chiqarilardi, qolgan ishlarda esa tarbiya so‘zsiz bo‘ysunish, har qanday muhtojlikka matonat bilan chidash hamda raqibdan ustun kelishga qaratilardi. Yoshi katta bo‘lgan sayin talab keskinlashib borardi: o‘g‘il bolalarni sochi qisqa qilib olinardi, ular yalang oyoq yugurishardi, yalang‘och o‘ynashga o‘rgatilardi. O‘n ikki yoshdayoq ular xiton kiymay yurishar, bir yilda bir marta ustki ko‘ylak olishardi. Hammom va badanga xushbo‘y moddalar surtish ular uchun yot edi — spartalik bolalar bu ne'matdan bir yilda bor-yo‘g‘i bir necha kun bahramand bo‘lishardi. Otryadlarda, birgalikda uxlashar, buning uchun Evrot sohilida qo‘l bilan sindirilgan qamish poyasidan o‘zlari to‘shak tayyorlashardi».

Bolalar jismoniy tayyorgarlik saboqlarini nechog‘li o‘zlashtirganliklarini aniqlash maqsadida, Spartada maxsus bayramlar uyushtirilardi. Bu bayramlarda ular o‘zlari qo‘lga kiritgan yutuqlarni namoyish etib, haqiqiy eronlik darajasiga yetishganini, katta yoshli jangchilar safiga kirishlari mumkinligini isbotlashlari darkor edi.

Bayramlar Orfiyadagi qadimiy unumdorlik ma'budasi Artemida ibodatxonasida o‘tkazilardi. Ma'buda sharafiga uyushtirilgan bu bayramlarda yigitlarning bir guruhi boshqa guruh qo‘riqlayotgan pishloqni olib qochishi lozim edi. Kim shu ishni bajarolsa, g‘olib deb e'lon qilinardi.

Shundan keyingi davrlarda ma'buda Artemida sharafiga uyushtirilgan bayramlarda yigitlar ancha og‘ir sinovlarga bardosh berib, iroda va matonatlarini namoyish etishga majbur bo‘lganlar. Ularni qamchi bilan savalashardi. Savalash vaqtida biron marta ham ingramagan yigitlar sinovdan o‘tgan hisoblanardi.

 

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (25.03.2016)
Просмотров: 1188 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar