Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Mushuklar va itlar, fillar va ko’rshapalaklar, kitlar va otlar, maymunlar va odamlar bularning barchasi sut emizuvchilar deb atalmish zoologik sinfga mansubdir. Sut emizuvchilarning boshqa hayvonlardan farqi shundaki, ularning nasllari urg’ochisining sut bezlarini emgan holda voyaga yetadi. Aksariyat sut emizuvchilar bolalari to’liq shakllangan holatda dunyoga keladi, ayni bir paytda qushlar, aytaylik, avval tuxum qo’yadi, so’ngra shu tuxumdan jo’jalari chiqadi. Sut emizuvchilarning farqlovchi xususiyati — ular tanasining to’liq yo, qisman tuk yoki yung bilan qoplanganligidadir. Ularning barchasi issiq qonli bo’lib, to’rt kamerali yurak va diafragmaga ega. Sut emizuvchilarning aksariyat qismi quruqlikda yashasa, ayrimlari, masalan, kitlar va delfinlar suvda yashaydi. Ularning ko’pchiligi masalan, ko’rsichqon va boshqa aksari kemiruvchilar uyalarda yashaydi. Ko’rshapalak uchadigan yagona sut emizuvchi hisoblanadi. Olimlar sut emizuvchilarni ko’p miqdordagi mayda guruh yoki turkumlarga ajratganlar. Bu turkumlarning eng dastlabkisi — exidna va o’rdakburun yoxud tuxum qo’yuvchi sut emizuvchilardir. Keyingisi —tovushqonsimonlar turkumidir. So’ngra dengiz sut emizuvchilari, undan keyin juft tuyoqlilar turkumlari keladi. Yirtqich sut emizuvchilar go’sht, kemiruvchilar yesa o’simlik bilan oziqlanadi. Hasharotxo’rlar nomining o’ziyoq bu sut emizuvchilarga nimalar ozuqa bulishini aytib turibdi. Eng yuqori turkum — primatlar yoki tuyoq o’rniga tirnoqqa ega bo’lgan sut emizuvchilardir. Primatlarga turli maymunlar va odam kiradi. Sut emizuvchilar miyasi boshqa hayvonlar miyasiga nisbatan ancha rivojlangan bo’ladi. | |
Просмотров: 1435 | |
Всего комментариев: 0 | |