Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Eramizdan avvalgi II ming yillik boshida oriy xalqi Hindistonning shimoli- g’arbiga ko’chib borib joylashadi. Oriylar Sharqqa tomon siljib borib, birinchi ming yillik boshida Gang daryosi yuqorisidagi vodiyyai egalladi. Ularning tili — sanskritning qadimgi shakli (Shimoliy Hindistonning hozirgi tilining akasi)edi. Faqat til emas, balki hozirgi hind madaniyatining boshqa elementlarining ildizi ham, masalan, tabaqalar tizimi oriylar sivilizatsiyasiga borib taqaladi. hind dinining ayrim ma'budlari ham oriylardan kelib chiqqan. Oriy ma'budlar va oriylarning jamiyat tuzilishi ham qadimgi hind adabiyotining saqlanib qolgan ko’hna obidalari — vedalar tufayli ma'lumdir. Vedalar og’zaki ravishda avloddan- avlodga o’tib kelgan, eramizdan avvalgi XI asrdan boshlab esa qo’lyozmalarda qayd etilgan. «Rigveda» — madhiyalar majmuasi. Ularda dehqon jamoalarida oriylarning o’z qo’l ostilaridagi oriy bo’lmagan tub xalqlar bilan o’tgan hayotlari aks ettirilgan. Qadimiy oriylar jamiyati to’rt ijtimoiy guruhga bo’lingandi. Birinchisi, braxman kohinlar edi. Ikkinchi guruhni jangchilar yoki kshatriylar tashkil qilardi. Uchinchi guruh savdogarlar, dehqonlar va hunarmandlardan iborat edi. Ularni vayshyalar deyilardi. So’nggi guruh shudralar — xodimlar va xizmatkorlardan iborat edi. Oriy bo’lmaganlar Hindistonda yanada past tabaqa hisoblanardi. Ijtimoiy guruhlarning bunday tizimi oxir-oqibat tabaqachilik tizimiga aylanib ketdi. Yuzlab tabaqalar va quyi tabaqalar yuzaga keldi. Oriy bo’lmaganlar zoti toza hisoblanmas, ular e'tibordan chetdagi kishilar hisoblanardi. | |
Просмотров: 1212 | |
Всего комментариев: 0 | |