Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari

TOSH DAVRIDA NIMALAR BO’LGANDI?

 

Tosh asri deb tarixgacha bo’lgan davrga oid uzoq davom etgan davrga aytiladi. Tarixgacha bo’lgan davr esa insoniyat yozuvni kashf etgunga qadar davom etgan. Odamlar yer yuzida kamida 500 000 yil yashaganlar, biroq ilk yozuv 5 000 yilcha ilgari paydo bo’lgan. Boshqacha aytganda, tarixgacha bo’lgan davr ancha vaqt davom etgan.

Inson ayni o’sha paytlarda har xil mehnat qurollarini yasashni o’rganganligi uchun ham bu davr tosh davri degan nomni oldi. Tosh davri qadimgi tosh davri (paleolit), o’rta tosh davri (mezolit), yangi tosh davri (neolit) ga bo’linadi.

Balki o’sha davrda inson qo’li bilan yaratilgan birinchi mehnat quroli gir atrofi taroshlangan tosh bo’lgandir. Olimlar unga «qo’lchopqi» deb nom berishgan. Toshdan taroshlab olingan keskir parchalar ham asbob sifatida ishlatilgan. Ko’p ming yillar davomida shular insonlar uchun birgina mehnat quroli bo’lib kelgan.

Keyinchalik, Muz davrida Yevropada neandertallar — o’tmishdoshlariga nisbatan ancha takomillashgan mehnat qurollariga ega bo’lgan odamlar paydo bo’ldi. Ular ham ovchilik bilan kun kechirishar, ammo yakka-yakka bo’lib, emas, balki guruh-guruh bo’lib ov qilishardi.

Neandertallar o’rnini kromanonlar egallashdi. Ular taraqqiyotda ancha ilgarilab ketgandilar. Kromanonlar yangi mehnat va ov qurollari — garpunlar, tosh pichoqlar, nayza uchun poyanaklar, qirg’ichlar yasashni o’rganib olgandilar.

Taxminan 6000 yil ilgari odamlar hayotida keskin burilish ro’y berib, ularning butun turmushini o’zgartirib yubordi. Ular don yetishtirishni o’rganib oldilar. Shu tariqa neolit davri — yangi tosh asri boshlandi.

Inson chorvachilik bilan shug’ullanib, uy hayvonlari terisidan kiyim sifatida foydalana boshladi. Uy qurishni o’rgandi. Tez orada u tabiatda bo’lmagan narsa va buyumlarni yarata boshladi.

Odam loydan idish yasab, jun va zig’irpoya tolasini yigira boshladi. Odamlar birgalashib ishlay boshladilar va asta-sekin ilk manzilgohlar paydo bo’la boshladi. Ular qishloq va shaharlar uchun asos bo’lib qoldi. hozir biz sivilizatsiya deb ataydigan narsa shu tarzda vujudga keldi.

Категория: Mo'jiza kitobi ma'lumotlari | Добавил: azizjon_ibragimov (19.04.2016)
Просмотров: 1819 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar