Xunnlar Yevropada paydo bo‘lgan. Ular Osiyodan kelib, Dunay daryosining o‘rta oqimi bo‘ylab joylashishgan. Ularning rahnamosi Attila bo‘lib, uning nomi hozirga qadar yirtqichlarcha shafqatsizlik ramzi hisoblanadi. 451- yilda Attila o‘z to‘dasini Galliya tomon boshlab boradi. Biroq Mauriakaga yetganda ularning yo‘lini g‘aroyib bir ittifoqchi qo‘shin to‘sib chiqadi. Ravennadan yuborilgan Rim armiyasi, Galliyaning shimolidan franklar, janubdan vestgotlar va alanlar — dahshatli xavf ularni birlashtirgandi. Maruriaka yonidagi jangda Attila yengiladi va Dunay bo‘yiga chekinadi.
Keyingi yili u Italiyada paydo bo‘ladi. Niyati — Rimni vayron qilish edi. Konstantinopol armiyasining zarbasi xavfi hamda Rim papasi Lev I bilan uchrashuvgina uni orqaga qaytishga majbur qiladi. Bir necha oydan so‘ng Attila vafot etadi va nihoyat Yevropa erkin nafas ola boshlaydi.
|