Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Biz odamni yalqov deganimizda, uning dangasaligini va sustkashligini nazarda tutamiz. Bunday xususiyatlar kun va tun 18 soat uxlaydigan shu nomdagi hayvonni eslatadi. Yalqovlar Markaziy va Janubiy Amerikada Nikaraguadan to Braziliyagacha bo’lgan hududda yashaydigan g’aroyib ko’rinishdagi hayvonlar hisoblanadi. Ular daraxtlarda yashaydi, o’rmonsiz yerlarda hech qachon uchramaydi. Yalqovlar — sut emizuvchilardir. Ular chumolixo’r, bronenosets, naytish bilan uxshashlikka ega. Yalqovning ikkita: ikki barmoqli va uch barmoqli turi mavjud. Uch barmoqlari har bir oyog’ida uchtadan barmoqqa ega. Ikki barmoqlilari — oldingi oyoqlarda ikkita va orqa oyoqlarda uchta barmoqqa ega bo’ladi. Ular shoxlarda oyoqlarini yuqoriga, orqalarini pastga qilib osilib turishda oyoqlari va barmoqlaridan foydalanadi. Tunda ular o’zlari oziqlanadigan barglari va novdalarni izlab, shoxlarda sustlik bilan harakat qiladi. Yalqovlar daraxtlarda, baquvvat shoxlarning tepasida uxlaydi. Ba'zida ular yerga sirpanib tushadi, daryo yoki kulga yetgach, hech bir hadiksiz unga shung’iydi va yengil suzib ketadi. Yalqovning aqliy qobiliyati juda zaif, chunki miyasi nixoyatda kichkina. Tana harorati barcha sut emizuvchilar orasida eng past bo’lgan bu hayvon ba'zida o’zini issiqqonlidan ko’ra ko’proq. sovuqqonli hayvon singari tutadi. Yalqovning muynasi kulrang va paxmoq, bo’ladi. Ba'zida muynasida suv o’ti o’sadi va u yashil tus kasb etadi. Bu yalqovga qo’l keladi, chunki yashil rang uni burgutlar, yagarlar va boshqa yirtqichlarga mutlaqo sezdirmaydi. | |
Просмотров: 2184 | |
Всего комментариев: 0 | |