Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
Eramizdan avvalgi 59- yilda Yuliy Sezar konsul qilib tayinlanadi. Rim respublikasidagi bu eng yuqori lavozimdan so‘ng u Shimoliy Italiya va Galli ya viloyatlariga noib etib yuboriladi. Kasbi-kori jangchi bo‘lgan Sezar Galliya, Germaniya va Britaniyadagi kelt xalqlari yerlarini bosib olishni ko‘ngliga tugib qo‘yadi. Eramizdan avvalgi 54-yilga kelib u Britaniya dengizi (hozir — La-Mansh bo‘g‘ozi) sohili bo‘ylab Rim dunyosi shimoliy chegarasini belgilaydi. Sezar harbiy yurishlari davrida Britaniyaga ikki marta — eramizdan avvalgi 55- va 54- yillarda bostirib kirdi. U mahalliy qabilalar La-Mansh orqali Shimoliy Galliya xalqlariga boshpana berib, yordam ko‘rsatayotganliklarini tushunardi. Ilk bor u 12- ming kishilik qo‘shin bilan Kentdagi hozirgi Dil qishlog‘iga yaqin joyga qo‘r to‘kadi, mahalliy qabilalar boshliqlarini Rim hukmdorligini tan olishga va bundan so‘ng uning Galliyadagi dushmanlariga yordam ko‘rsatmaslik to‘g‘risida va'da berishga majbur etadi. Bir yil o‘tgach, Sezar yana Britaniyaga bostirib kiradi. Endi uning qo‘shinida 37-ming askar bor edi. Mamlakat ichkarisiga, hozirgi Xertfordshirgacha kirib borib, mahalliy qudratli qabila ustidan g‘alaba qozonadi. U Britaniyada gornizonlarini qoldirmagan bo‘lsa-da, Rimning Galliya shimolidagi Hududlarini xavfdan xoli qilgan. Yuliy Sezar o‘ldirilgach, uning asrandi o‘g‘li Oktavian o‘z dushmanlari ustidan g‘olib keladi va Rimda eng qudratli odam bo‘lib qoladi hamda davlatni yolg‘iz o‘zi boshqaradi. Eramizdan avvalgi 27- yilda Senat unga alohida Avgust nomini bergan va bu nom keyinchalik imperatorlar nomining bir qismi bo‘lib qolgan. | |
Просмотров: 2113 | |
Всего комментариев: 0 | |