Главная » Статьи » Mo'jiza kitobi ma'lumotlari |
ZARDUSHTIYLIK NIMA?
Zardushtiylik dinining asoschisi Zardusht (Zaratushtra) qachon yashaganligi aniq ma'lum emas. Odatda, eramizdan avvalgi IX va VI asrlar o’rtasida yashagan, deb hisoblashadi. Zardushtiylar, ma'bud Ahura Mazda Zardushtga Gotlar deb atalgan hamda 17 madhiyada bayon etilgan vahiy yuborgan, deb ishonadilar. Gotlar zardushtiylikning muqaddas kitoblari to’plami — Avestoga kiritilgan. Zardushtiylarning marosimlarida olov asosiy o’rin tutgan. Olovga bag’ishlab ibodatxonalar qurilgan. U yerda otashkadalar bo’lib, ularda doimo muqaddas olov yonib turgan. Uning alangasi ba'zan 2 metrgacha ko’tarilgan. Olov xudoni o’zida mujassamlantirgan. Ibodatxonalarda olovdan boshqa hech narsa bo’lmagan. | |
Просмотров: 1217 | |
Всего комментариев: 0 | |