Главная » Статьи » Sport

Basketbol o’z nomini qanday topgan?

Qo’shma shtotlarda qaysi o’yin boshqa o’yinlarga qaraganda ko’proq tomoshabinlarga ega? Agar siz bu o’yin basketbol ekanligini bilib olsangiz, albatta xayronqolasiz.

Basketbol 1891 yilda AOShning Massachusets shtatidagi springfild kollejining jismoniy tarbiya o’qituvchisi Jeyms Neysmit tomonidan “kashf”etilgan. Bu o’yinni yaratishda Neysmit uzoq vaqtlardan beri keng tarqalgan to’p bilan o’tkaziladigan oddiy o’yinlar haqidagi tarixiy ma’lumotlardan foydalangan deb taxmin qilish mumkin.

Kollejda o’tkaziladigan gimnastika darslarini  jonlantirish haqida topshiriq olgan Jeyms Neysmit yopiq xonalar uchun yangi o’yin o’ylab chiqadi. U balkon panjaralarida shaftoli solinadigan savatlardan ikkitasini osib qo’yadi. O’yinda qatnashuvchilar o’z raqiblarining savatlariga futbol topini tushirishlari lozim edi. O’yinda erkaklar bilan ayollar birgalikda qatnashardilar. Neysmit taklif qilgan o’yin birinchi kundanoq talabalar orasida katta qiriqish uyg’otdi.

Gimnastika guruhida 18 kishi bo’lgani uchun, ular ikk guruhga  bo’linib o’ynay boshladilar. Keyinchalik  har bir komandadagi o’yichilarning soni 7 va 5 tagacha kamaytirildi.

         To’p savatga tashlanganligi uchun bu o’yin basketbol (“basket” – savat, “bol” - to’p) deb atala boshlandi.

                                                 

         Basketbolda ham boshqa ko’pgina o’yinlarda bo’lgani singari o’yinchining o’rni uning o’zigaxos qobiliyati bilan belgilandi. O’zining aniq nishonga uloqtirishi bilan ochkolar keltiruvchilardan odatda hujum chog’ida foydalanishadi va ular raqib halqasi tomon hujumlar uyushtiradilar.

Markaziy o’yinchi qoida tariqasida juda ham baland bo’yli bo’ladi. U koptokni birinchi irg’itilgandayoq jamoadoshlariga uzatishni bilishi kerak. Uning bo’yi jamoaga shunday yordam berishi kerakki, ya’ni koptok noaniq irg’itilgandan keyin halqaga yoki shitga urilib qaytganida, uni o’z nazar doirasida tutishi kerak.

         Himoyachilar raqib hujumchilariga ochko yutishlariga har qanaqasiga xalaqit berishlari kerak. Shu bois ular harakatchan, ayyor bo’lishlari va shuning barobarida o’z   jamodarining hujumlarida ishirok etishga ham ulgurishlari lozim.

         Basketbol to’pining aylanasi 68-73sm, og’irligi 600-650 gr ga teng.

         O’zbekiston sportchilarining orasida birinchi olimpiya o’yinlari chempioni bo’lganlar.

         Erkaklar o’rtasida Alijon Jarmuxamedov Ayollar o’rtasida Tatyana Tarnikidi.

         Eng nomdor sportchimizdan Ravilya salimova uch karra Jahon va olti karra Yevropa chempioni unvoniga sazovor bo’lgan.

 

Категория: Sport | Добавил: azizjon_ibragimov (10.01.2016)
Просмотров: 20210 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar