Главная » Статьи » Tarix |
Boburiylar sulolasining tashkil topishi. XVI asrda Hindistonda siyosiy tarqoqlik hukm surardi. O’zaro ichki nizolar va urushlar mamlakatni kuchsizlantirgan edi. Hindistondagi ichki siyosiy ahvolni sinchkovlik bilan kuzatib turgan Kobul hukmdori Zahriddin Muhammad Bobur vaziyatdan foydalanib qaror qildi va Hindistonni egallash uchun harbiy yurish boshladi. Bu davrda Shimoliy Hindistondagi Dehli sultonligida lodiylar sulolasi hukmronlik qilardi. Bobur Mirzoning Hindistonga qarshi harbiy yurishi 1525-yilning oxirida boshlandi. 1526-yilning 21- aprelida panipat jangida Ibrohim Lo’diy qo’shini tor mor keltirdi. 27-aprel kuni esa Dehli shahrida Bobur podshoh nomiga xutba o’qildi. Shu tariqa tarixda 332 yil yashagan yangi imperiya — Boburiylar imperiyasiga asos solindi. Bobur Hindistonda o’zi bilan qolgan qo’shinga jogir tarqatdi. Bu yerlarda xo’jalik yuritish ishlariga rahbarlik qilish mahalliy urf-odatlarni yaxshi biladigan hindlarga topshirildi. Bobur podshoh imperiya taxtida uch yil o’tirdi. 1530-yilda o’limidan avval imperiya hududlarini o’g’illariga bo’lib berdi. Imperiya taxti katta o’g’li Humoyunga nasib etdi. Panjob, Kobul va Qandahorga ega bo’lgan qolgan uch o’g’li akalari Humoyunga bo’ysunishini vasiyat qildi. Imperiyadagi siyosiy ahvol. Humoyun imperiya sarhadlarini yanada kengaytitishga intildi. Bu kurashda uning asosiy raqibi Bixor va Bengaliyada joylashib olgan afg’onlar qabilalarining yetakchisi Serxon Sur bo’ldi. Ikki sarkarda qo’shinlari o’rtasidagi jangda Sherxon Sur qo’li baland keldi. Mag’lubiyatga uchragan Humoyun Eronga qochib ketdi. Sherxon Sur Hindiston taxtini egalladi va shoh deb e’lon qilindi. Bu hodisa 1540-yil yuz berdi. Sherxon Sur va uning o’g’illari 1554-yilgacha hukmronlikni saqlab turdilar. Biroq bu davr shiddatli va shafqatsiz ichki kurashlar bilan o’tdi. Oqibatda Hindistonda og’ir siyosiy vaziyat vujudga keldi. Bundan Humoyun ustalik bilan foydalandi. Taxtdan ayrilgan yillarda u turk, fors, turkman, va o’zbeklardan iborat kuchli qo’shin tuza olgan edi. 1555-yil Humoyun Hindiston taxtining da’vogarlarining tor-mor etib, yana hokimiyatni o’z qo’liga qaytarib oldi. Unga taxda uzoq o’tirish nasib etmadi. Oradan ko’p vaqt o’rmay Humoyun tasodifiy falokat tufayli halok bo’ldi. Imperiya Akbarshoh davrida. Boburiylar sulolasi hukmdorlari ichida “Buyuk Akbar” degan unvonga sazovar bo’lgan Humoyunning o’g’li Akbarshoh (1542-1605) 1556-yilda otasi taxtini egalladi. Akbarshoh hamisha uzoqni ko’zlab siyosat yuritdi. Shu tufayli u Hindistonda o’z hukmronligini to’la va uzil-kesil o’rnata oldi. Shuning uchun ham uni Hindistondagi Boburiy hukmdorlar ichida eng ulug’i — “Buyuk Akbar” deb atashgan. Akbarshoh bunday buyuklikka osongina erishgan emas. Uning asosiy raqibi Hindistondagi afg’on qabilalari yetakchilari edi. Akbarshoh qo’shini 1556-yilda afg’on qabilalari qo’shinini tor-mor etdi. 1559-yilga kelib taxt uchun boburiylarga qarshi kurashning yetakchi kuchlari-afg’onlarning Sur sulolasi butunlay yanchib tashlandi. Akbarshoh zukko davlat arbobi, mohir sarkarda bo’lishi bilan bir qqatorda, itoatkaor o’gil, g’amxor ota ham edi. Qo’l ostidagi xalqlarning turmush farovonligi doimo uning e’tiborida turgan. Kambag’al, beva-bechoralarga muntazam moddiy yordam ko’rsatgan. Akbarshoh falsafa, din, adabiyot va tarixi ilmini yaxshi egallagan. U boshqa din vakillariga nisbatan ham adolatli siyosat yuritgan. Hindlarning ziyoratgohlaridan olinadigan soliqni man etgan. Imperiya hududida yagona savdo solig’i joriy etilgan. Ham xolisa, ham jogirdorlar yerlaridan teng miqdorda soliq undirilgan. Davlat idoralaridagi lavozimlar, dini va mazhabidan qat’I nazar, shaxsning salohiyatiga qarab taqsimlangan. Bir so’z bilan aytganda, Akbarshoh hindlar bilan musulmonlarning yonma-yon, tinch-totuv yashashlariga erishgan. Akbarshoh yuritgan bunday adolatli siyosat boburiylar davlatinig ulkan imperiyaga aylanishida, uning mahalliy aholi va amaldorlar tomonidan qo’llab-quvvatlanishida katta ro’l o’ynadi. Bu esa, o’z navbatida, imperiyaning qudrati va shon-shuhratining yanada ortishiga xizmat qilgan. Akbarshoh Hindistonda yuritilgan adolatli siyosati evaziga “Milliy podshoh”, “Xalq hukmdori” nomlariga ham sazovor bo’lgan. Biroq XVII asr ikkinchi yarmidan boshlab imperiyada toj-u taxt uchun kurash avj oldi. Oxir-oqibatda, bu kurashda 1627-1658-yillarda hukmronlik qilgan Shoh Jahon (Akbarshohning nabirasi)ning o’g’li Avrangzeb g’alaba qozondi. U 1658-yilda Dehli shahrini egalladiva o’zini shoh deb e’lon qildi. Avrangzeb hukmronligi davrida (1658-1707) imperiya hududi yanada kengaydi, o’z qudratining cho’qqisga erishdi. Biroq ayni Avrangzeb hukmronligi yillarida imperiya inqirozi uchun zamin ham yetila bordi. Xo’sh, bu nimalardan iborat edi? Avvalo, Avrangzebning hech kimga ishonmasligi, hamma narsaga shubha bilan qarashi davlati arkon hamda mahalliy hind hukmdorlarining undan ko’nglini sovitdi. Ikkinchidan, Avrangzeb o’ta xurofotchi va jaholatparast edi. U o’zini faqat mamlakatni idora qilish uchungina emas, balki islom dinini himoya qilish va uning yoyilishi ko’lamini yanada kengaytirish uchun ham taxtga chiqqan hukmdor deb hisoblardi. Shu tufayli musulmon bo’lmagan fuqarolarni islom diniga o’tkazish uchun hech narsadan qaytmadi. Bunday siyosat oqibatida mamlakatning musulmon bo’lmagan aholisi uning itoatkor fuqarosiga emas, balki g’azablangan raqibiga aylandi. 1679-yildan hindlar qaytadan “jizya” solig’ini to’lashga majbur etildi. Hatto hindlarning muqaddas ziyoratgohlarga boruvchilaridan ham soliq olinadigan bo’ldi. Musulmon savdogarlari soliqdan ozod qilingani holda, hind savdogarlariga tovarning 5 foizi miqdorida soliq joriy etildi. Soliq yig’uvchi idoralardagi mansabdor hindlar asta-sekinlik bilan lavozimlaridan bo’shatila boshlandi. Avrangzebning bu siyosati oxir-oqibatda Boburiylar imperiyasining chok-chokidan so’tilib ketishiga olib keldi. Angliya va Hindiston. Shunday sharoitda Hindistonga yevropaliklarning kirib kelishi kuchaydi. Yevropa imperiya davlatlari hukmron doiralarining maqsadi, Hindistonning bitmas-tuganmas boyliklariga, unumdor yerlariga ega bo’lish edi. Yevropa davlatlari hukumatlari endilikda o’z maqsadlarini ro’yobga chiqarishga kirishishdi. Chunonchi, 1757-yilda ingliz qo’shini Bengaliyani bosib oldi. Bu boy hudud inglizlarning keyingi bosqinchilik rejalarini amalga oshirishda tayanch vazifasini o’tadi. Shu tariqa Angliyaning Hindistonni asta-sekin o’z mustamlakasiga aylantirish davri boshlandi. | |
Просмотров: 3744 | |
Всего комментариев: 0 | |