Главная » Статьи » Tibbiyot

Auskultatsiya (eshitib ko‘rish)

 

 

 

 

 

Biror element tebranishi oqibatida hosil bo‘luvchi tovushlarni eshitib ko‘rish yo‘li bilan ichki organlarni tekshirish usuli auskulta­tsiya deb ataladi.

Auskultatsiyaning ikki turini farqlaydilar:

  1. bevosita auskultatsiya, bunda tekshiruvchining qulog‘i bemor badaniga to‘g‘ridan to‘g‘ri qo‘yiladi;
  2. bilvosita auskultatsiya, bunda tovush stetoskop yordamida eshitiladi. Stetoskopdan tashqari fonendoskoplar ham qo‘llaniladi. Ular bemor tanasiga qo‘yiladigan varonka yoki membranali maxsus kameradan va tekshiruvchi qulog‘iga tiqib qo‘yadigan ikki rezina
    naydan iborat bo‘lib, ularning bir uchida oliva bor. Fonendoskoplar tovushni kuchaytirib, uni qisman o‘zgartiradi, bu ularning noqu- layligidir.

Auskultatsiya yordamida olina- digan ma’lumotlarga to‘g‘ri baho berish uchun quyidagi qoidalarga rioya qilish zarur. Tekshirilayotgan bemorning ko‘krak qafasi ochiq bo‘lishi kerak, chunki stetoskop bilan tana o‘rtasida biror narsaning bo‘lishi yoki shovqinlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Hatto tananing stetoskopdan uzoqda joylashgan yeridagi kiyimning ishqalanishi eshitib ko‘rilayotgan sohada hosil bo‘layotgan tovushni o‘zgartirishi mumkin. Eshitib ko‘rilayotgan joylarda jun ko‘p bo‘lsa, u stetos- kopga ishqalanib, o‘pka kasalligida hosil bo‘ladigan tovushlarga o‘xshash tovushlar hosil qiladi.

Shuning uchun eshitib ko‘rishdan avval, jun bilan qoplangan yerlarni suv bilan namlash yoki yog‘ surtish kerak. Bemor eshitib ko‘rilayotgan xona tinch va issiq bo‘lishi kerak, chunki mushaklarning sovuqdan qisqarishi tufayli eshitilgan tovushlar patologik tovushlarga o‘xshab ketishi mumkin. O‘pka eshitib ko‘rilayotganda bemor og‘zini yarim ochib, chuqur va bir tekis nafas olishi kerak. Tekshiruvchi ko‘krak qafasining o‘ng va chap tomonidagi simmetrik joylarda eshitilayotgan tovushlar xarakterini chog‘ishtirib ko‘rishi kerak.

Yurak eshitib ko‘rilayotganda bemor dastlab tik holatda, so‘ng yotgan holatda bo‘lishi zarur. Eshitib ko‘rilayotganda stetoskop ko‘krak qafasiga tik qo‘yilishi va uning varonkasimon kengaygan yeri tana yuzasiga zich yopishib turishi kerak. Aks holda bemor tanasi bilan stetoskopning tanaga tegib turmagan qirrasi orasidan o‘tayotgan havo tovushni kuchaytirishi va uni noto‘g‘ri aks ettirishi mumkin. Shu bilan birga, ko‘pincha stetoskopning teri ustida sirpanishi qo‘shimcha tovushlar hosil qiladi.

Stetoskopni ko‘krak qafasi ustiga kuchli bosish mumkin emas, chunki bu hol ko‘krak qafasining eshitib ko‘rilayotgan yeridagi tebranishga xalaqit beradi va chuqurda joylashgan to‘qimalar tebra- nishini havoga, demak, quloqqa ham o‘tishini susaytiradi. Eshitish vaqtida stetoskopni qo‘l bilan ushlab turish mumkin emas, chunki barmoqlarning salgina harakati ham qo‘shimcha tovush hosil qiladi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 2646 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar