Главная » Статьи » Tibbiyot |
Obyektiv tekshirish usullari ikki turga bo‘linadi. Bular: asosiy va qo ‘shimcha usullar. Asosiy tekshirish usullariga quyidagilar kiradi:
Qo‘shimcha tekshirish usullariga esa quyidagilar kiradi:
Ko‘zdan kechirish (inspektio) — ko‘zdan kechirishda bemorning ko‘rinishi va umumiy ahvoli, tana tuzilishi, teri va ko‘zga ko‘rinib turadigan shilliq pardalar holati aniqlanadi. Bemorning ko‘rinishi va umumiy ahvoli quyidagicha bo‘lishi mumkin: qoniqarli, o‘rtacha og‘irlikda, og‘ir, juda og‘ir. Bemorning holatlari quyidagicha bo‘lishi mumkin: aktiv (faol), passiv va majburiy. Agar bemor o‘rinda yotgan bo‘lsa-yu, lekin o‘zi bir yonboshdan ikkinchi yonboshga ag‘darilib, o‘tira oladigan, o‘rnidan tura oladigan bo‘lsa, bunday holat aktiv (faol) deb ataladi. Bemor o‘zi harakatlana olmaydigan, ag‘darila olmaydigan, boshi yoki qo‘lini ko‘tara olmaydigan bo‘lib, qanday vaziyatga solinsa, shu vaziyatda yotaveradigan bo‘lsa, bemorning bunday holatini passiv holat deyiladi. Bemor o‘z iztiroblarini yengillatishga urinib, o‘rinda biror xil vaziyat olsa, bunga majburiy holat deyiladi. Chunonchi, nafasi qisadigan bemorlar qo‘llari bilan karavotning chetiga tiralib, oyoqlarini osiltirib majburiy vaziyatda o‘tiradilar, bronxial astma kasalligida, me’da yarasi teshilganda, peritonitda, appenditsit, perikardit, plevrit va boshqa kasalliklarda bemorlar majburiy holatga tushib qolishadi. Bemorlarning passiv holatdan aktiv holatga o‘tishi bemorlarning tuzalishidan darak beradi, aksi, agarda bemorlar aktiv holatdan passiv holatga o‘tsa, bemorlarning og‘irlashishi yoki kasallikning qaytalanishi kuzatiladi. Masalan, o‘sma, saraton kasalliklari bor bemorlar aktiv holatdan passiv holatga o‘tib qolishlari mumkin. Koma — hayot uchun muhim bo‘lgan bosh miya markazlarining shikastlanishi munosabati bilan es-hushning tamomila yo‘qolishidir. Komada muskullar bo‘shashib, sezuvchanlik va reflekslar yo‘qolib ketadi, har qanday ta’sirotga — og‘riq, yorug‘lik, tovush ta’sirot- lariga reaksiya bo‘lmaydi. Koma miyaga qon quyilganda, qandli diabetda, jigar qattiq shikastlangan hollarda, surunkali nefrit, zaharlanish hollarida uchraydi. Sopor — uyqu holatidir. Qattiq-qattiq chaqirib yoki turtib-turtib bemor uyg‘otiladigan bo‘lsa, u savollarga javob berishi mumkin, keyin yana qattiq uxlab qoladi. Stupor — karaxtlik holati, bunda bemor atrofdagi vaziyatni g‘ira-shira biladi, savollarga istar-istamas va kechikib javob beradi. Es-hush. Bemorlarda es-hushning har xil darajada aynishi ko‘riladi. Es-hushining pasayib, kirarli-chiqarli bo‘lib qolishi bilan bir qatorda, markaziy nerv sistemasi qo‘zg‘alishi tufayli yuzaga keladigan o‘zgarishlari ham ko‘riladi. Yuqumli kasalliklar, zotiljam, tepkili terlama (toshmali tf)da gavda harorati ko‘tarilib turgan paytda uchraydigan alahlash hollari, gallutsinatsiyalar ana shunga kiradi. Yuz ifodasi. Bemorni ko‘zdan kechirishda, uning yuz ifodasiga ahamiyat berish kerak, chunki yuz ko‘rinishi, odatda, bemor ahvolini ifodalaydi. Yuzning qarimsiq ko‘rinishi bemor og‘ir dardga chalinganidan va aksincha, yuzning tetik, sokin ifodasi kishining ahvoli yaxshiligidan guvohlik beradi. Ba’zi hollarda yuz ifodasi kasallikni aniqlashda yordam beradi. Masalan, ertalab yuzning, ayniqsa, qovoq sohasining shishishi buyraklar kasallangan deb o‘ylashga asos beradi, qovoqlar kamqonlikda, trixinellez, miksedema va anginevrozlarda ham shishishi mumkin. Yurakning og‘ir kasalliklarida yuz kepchiydi, labning shilliq pardasi, quloqning yumshog‘i, burun uchi ko‘karadi, og‘iz ochilib qoladi, bemor havoni tutayotgandek tuyiladi. Qorin bo‘shlig‘i organlari o‘tkir og‘ir dardga chalingan bemorlar (masalan, osh- qozon yarasi teshilganda yuz bergan peritonit) yuzi Gippokrat ta’riflagan tipik ifodaga ega bo‘ladi: yuzning ko‘rinishi keskin, ko‘z ichga botgan, yuz ko‘rinishi horg‘in, terisi kulrang bo‘lib, undan sovuq yopishqoq ter chiqib turadi. Qoqshol kasalligi bilan og‘rigan bemorlar yuzining ifodasi xarakterlidir. Bunda yuzning barcha mushaklari bir vaqtning o‘zida qisqarishi tufayli og‘iz kishi kulayotgandagi kabi kengayib ketadi, yuzning yuqori qismida va peshanada, kishi g‘am chekayotgandagi kabi ajinlar paydo bo‘ladi (sardonik kulgi), sil bilan og‘riyotgan bemorlarning yuz ifodasi o‘ziga xos bo‘ladi, rangpar, yuzning yonog‘i qizarib turadi, ko‘zi katta ochilgan, qorachig‘i katta, skleralar ko‘k rangli bo‘ladi. Endokrin kasalligi bilan og‘riyotgan kishilarning yuz ifodasi xarakterlidir: masalan, yaltiroq ko‘zning chaqchayib turishi va kishining biror narsadan qo‘rqqanga o‘xshab ko‘rinishi Bazedov kasalligi uchun, ko‘kish tusli yuzning dumaloq oysimon qizilligi, ayollarda, bundan tashqari, yuqori labda va iyakda tuklar o‘sishi gipofiz bezi o‘smasi (Isenko-Kushing kasalligi) uchun xosdir. Pastki jag‘, yonoq suyagi, qosh usti ravog‘ining kattalashishi, katta burun, osilgan katta quloqlar, qalin lablar akromegaliya uchun xosdir. Parezda yoki ko‘zni harakatlantiruvchi nerv falajlanganda qovoqlar osilib qoladi: qovoqning osilib qolishi bosh miyada katta o‘zgarishlar sodir bo‘lganini ko‘rsatadi. Nistagm, ya’ni ko‘z soqqa- sining gorizontal tekislikda to‘xtovsiz tebranma harakati miyaning ba’zi kasalliklarida, labirint funksiyasining buzilishi bilan kecha- digan quloq kasalliklarida, tarqoq yoki ko‘p sonli sklerozda kuza- tiladi. Ko‘zning qimirlamasdan, bir nuqtaga qadalib turishi meningit bilan og‘rigan kasallarda kuzatiladi. | |
Просмотров: 40700 | |
Всего комментариев: 0 | |