Главная » Статьи » Tibbiyot |
Bemorlarni parvarish qilish davolashda juda muhim omildir. O‘rta tibbiyot xodimi bemorni shifokorning aytganlariga qarab, parvarish qilib boradi. Kasal odamning sog‘lig‘i va hayoti shifokor buyurganlarini o‘rta tibbiyot xodimining o‘z vaqtida bajo keltirib turishiga, yaxshi parvarish qilib borishiga bog‘liq bo‘lishini esda tutish lozim. O‘rta tibbiyot xodimining asosiy vazifasi — shifokorning aytganlarini aniq bajo keltirish, juda keskin vaziyatda ham muloyim va vazmin bo‘lish, bemorda kasallikning tez kunlarda o‘tib ketishiga ishonch uyg‘otish, unga mehribon bo‘lish va davo rejimini buzuv- chilarga nisbatan zaruriyatga qarab qattiqqo‘l bo‘lish, shifokorning jami buyurganlarini bajarish zarurligini bemorga uqtirib turishdir. O‘rta tibbiyot xodimi bemorni parvarish qilish ishiga kichik tibbiyot xodimini ham jalb qilishi mumkin. Xodimning o‘zi ozodalik, puxtalik va vijdonan mehnat qilishda namuna bo‘lishi, davlatimizning asosiy ijtimoiy vazifasi inson salomatligini muhofaza qilishdan iborat ekanligi hamda kasalliklarga qarshi kurashdek oliyjanob ishda o‘rta tibbiyot xodimi muhim rol o‘ynashini hamisha esda tutishi lozim. O‘rta tibbiyot xodimining ishida asosiy deontologik qoida (tibbiyot deontologiyasi — kasbga aloqador burch haqidagi fandir), yuqorida aytib o‘tilganlardan tashqari, so‘z bilan dardga shifo berish va so‘z bilan boshga balo solish mumkinligini uqib olish kerakligidir. Fan-texnika evolutsiyasi o‘rta tibbiyot xodimining ish amaliyotiga ham kirib kelgan: bemorni radioapparatura yordamida ancha naridagi postdan kuzatib borish, yorug‘lik signalizatsiyasi, bemorlarning parvarishi jarayonidagi «kichik mexanizatsiya» sistemasi o‘rta tibbiyot xodimi mehnatini yengillatib, maqsadga muvofiq qilib qo‘yadi. Keyingi yillarda O‘zbekiston ta’lim va sog‘liqni saqlash tizimida katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Islohotlarning eng muhim yo‘nalish- laridan biri shoshilinch tibbiyot xizmatining shakllanishidir. Turli bosqichlarda shoshilinch yordamni tashkillashtirish, diagnostika va davolash usullariga, kadrlar tayyorlash va o‘qitishga zamonaviy yondashish 15—20 yil oldin bo‘lganidan ko‘p jihatdan farq qiladi. O‘z-o‘zidan shoshilinch tibbiyot xizmati xodimlariga, shifokorlarga hamda o‘rta tibbiyot xodimlariga talablar kuchaydi. O‘rta tibbiyot xodimining roli sezilarli ortdi. Holbuki, ko‘pchilik rivojlangan mamlakatlarda gospitalizatsiyagacha bo‘lgan bosqichda shoshilinch yordam ko‘rsatish o‘rta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklanadi. Baxtsiz hodisalar (jarohatlanish, suyak sinishi, kuyish, zaharlanish, tok urishi va h.k.) va to‘satdan o‘tkir kasallik — hayotga xavf soladigan holatlar (hushdan ketish, yurak sanchig‘i va boshq.) ro‘y berganda, kechasi-yu kunduzi ko‘rsatiladigan yordam turi shoshilinch yordam ko‘rsatish deyiladi. Shoshilinch yordam hodisa yuz bergan joyda (ko‘chada, uyda, ishda), bemorni kasalxonaga olib keta turib va tez hamda shoshilinch tibbiy yordami beriladigan shifoxonalarda ko‘rsatiladi. Kasalxonagacha shoshilinch yordam ko‘rsatish xizmatini tez tibbiyot xizmati xodimlari amalga oshiradi (shahar tez tibbiy yordam ko‘rsatish shoxobchalarida). Tez tibbiy yordam ko‘rsatish xodimlarini chaqirish uchun yagona telefon raqami (103) joriy etilgan. Tez tibbiy yordam shoxobchasi xodimlari mehnatga qobiliyat- sizlik varaqalari, sud-tibbiy eksperti xulosalari, shuningdek, bemor- larga yoki qarindoshlariga yozma ma’lumotlar berish huquqiga ega emas. Shoshilinch tibbiy yordam barcha davolash-profilaktika muassasa- larida ko‘rsatilishi shart. Qishloq joylarda kunning istalgan paytida tez tibbiy yordam ko‘rsatish, shifokorlar va o‘rta tibbiyot xodimlari zimmasiga yuklangan. Olis va borish qiyin bo‘lgan joylarda sanitariya aviatsiyasi vositalari bilan shoshilinch tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Tez tibbiy yordam mashinalari radiolashtirilgan bo‘lib, ikki tomonlama telefon aloqasi bilan ta’minlangan, nafas va narkoz berish apparatlari, kislorod ingalatorlar va elektrokardiograflar bilan jihozlangan. Shaharda va yirik qishloq hududlarida ixtisos- lashtirilgan brigadalar: reanimatsion, kardiologik, nevrologik, toksikologik, pediatriya, intensiv terapiya brigadalari tashkil etilgan. Bu — uyda va yo‘lda keta turib, ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam ko‘rsatishga imkon beradi. | |
Просмотров: 3217 | |
Всего комментариев: 0 | |