Главная » Статьи » Tibbiyot

Chekishdan qutulish

1. Avvalo chekish odamning o`zi, oila-a‘zolari, bolalari, bo`lajak avlodi soglig`iga, shuningdek jamiyatga ijtimoiy, ekologik, iqtisodiy zararlarini ongli tushunishi, iqror bo`lishi zarur.

2. Chekishni tashlash uchun oilada, o`qish va ish joyida eng qulay davrni tanlash zarur, ya‘ni asabiylashmaydigan, qandaydir zarur vazifalarni bajarishga majbur bo`lmaydigan, jismoniy va ruhiy zo`riqish, kayfiyatni buzilish holatlari ro`y bermaydigan davrga mo`ljallanishi maqsadga muvofiq.

3. Bir marta chekmayman deb ahd qilgan daqiqadan boshlab, ahdni buzmaslikka mustahkam irodali bo`lishga amal qilish lozim. Shuning uchun uyda, ish joyida cho`ntakda tamaki (sigareta) gugurt kabilarni butunlay yo`qotish, ya‘ni ula rko`zg atashlanmaslig ikerak.Ba‘zan organizm chekishni qo`msab qolgan paytda boshqa ish bilan shug`ullanish, iloji bo`lsa ochiq havoga chiqib badan tarbiya qilish foydalidir.

4.Chekishni tashlagan odam organizmi tamakidan mutloq qayt bo`lmaguncha, ya‘ni bu zararli odatga qarshi paydo bo`lgan  manfiy shartli refleks mustahkamlanguncha kashanda chekadigan do`stlari davrasida bo`lmaslikka harakat qilishi kerak.

5.Kun tartibida ertalab ish paytida va kechqurun5-10-15daqiqa   (iloji  bo`lsa  undan ko`proq    vaqt)  badan    tarbiya mashqlarin ibajarishga alohida e‘tibor berish zarur. Imkon darajasida har kuni 5-10-15 km piyoda yurish, oz-oz yugurish mashqlarini bajarish nur ustiga nur bo`ladi.

6. Ovqat quvvati, sifati, kuchliroq bo`lishi kerak, ovqat tarkibida oqsil (go`sht, tuxum, sut, qatiq, baliq) mahsulotlari hamda sabzavot mevalar (sabzi, karam, olma, o`rik, ko`katlar, limon, apelsin) yetarli miqdorda bo`lishiga e‘tibor berish zarur. Ammo, semirishning oldini olish uchun yog`li ovqatlar, xamirli ovqatlar (manti, chuchvara, to`ppa) oq non, tort, shirinliklar miqdori kamaytirilishi lozim.

7. Ertalab va kechqurun dush qabul qilish yoki boshdan iliq suv qo`yib yuvinish, buning iloji bo`lmasa sochiqni namlab badanni to qizarguncha artish yaxshi foyda beradi.

8. Uyqu muddati 8 soatdan kam bo`lmasligiga rioya qilinishi zarur. Uyqu uchun vaqt soat 22:00 dan 6:00 gacha yoki 23:00 dan 7:00 gacha. Uyquning yetarli bo`lishi bosh miya nerv xujayralarini yaxshi dam olishi, energiya to`plashi, kayfiyatnng yaxshilanishiga imkon beradi.

9. Kashandalikdan voz kechgan odam har qanday ruhiy yoki jismoniy murakkab holatga tushganda ham chekishni takrorlamasligi, balki kayfiyatni yaxshilashning boshqa chora-tadbirlarini qo`llashi lozim. Bu bilan odam o`zining irodasi mustahkamligini, o`z ustiga olgan har qanday majburiyatni sharaf bilan bajarishga qurbi yetari ekanligini namoyon qilgan bo`ladi.

10. Eng  muhimi yoshlar chekishga o`rganmasliklari uchun, bu illatning zararli oqibatlari haqida oldindan batafsil tushunchaga ega bo`lishlari lozim.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (01.08.2016)
Просмотров: 1428 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar