Главная » Статьи » Tibbiyot |
Klinikasi. Ekssudativ plevrit bilan og‘rigan kasallar nafas olish vaqtida og‘riq turishi, quruq hamda og‘riqqa sabab bo‘ladigan yo‘tal, isitma, darmon qurishidan noliydi. Kasallik ko‘pincha et uvushishi va haroratning yuqori ko‘tarilishi bilan birdan boshlanadi. Harorat 2—3 hafta yuqori bo‘lib turishi mumkin. Plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik miqdori ortib borgan sayin og‘riq bosiladi, hansirash esa kuchayadi. Shu bilan bir vaqtda darmon qurishi va umumiy holsizlik ortib boradi. Bemor ko‘zdan kechirilganda terisi oqargan bo‘lib ko‘rinadi. Kasalning holati majburiy bo‘lishi mumkin. Ekssudativ plevrit endigina avj olib kelayotgan paytda bemor, asosan, sog‘lom tomonini bosib yotadi, ekssudat paydo bo‘lganidan keyin esa kasal tomoni bilan yotishni afzal ko‘radi, chunki bunda nafas vaqtida og‘riq kamayadi. Bemorning majburan o‘tirib olganligi ko‘ks oralig‘ining surilib qolganini yoki perikardda ekssudat borligini ko‘rsatadigan alomat bo‘lib xizmat qilishi mumkin. Nafas tezlashgan bo‘lib, ko‘pincha og‘riq bilan o‘tadigan quruq yo‘tal tufayli uzilib turadi. Ekssudat to‘planib qolgan joyda ovoz tebranishi xiyla susayadi. Ekssudativ plevritda juda muhim alomat yurakning sog‘lom tomonga surilib qolishidir. Bunda yirik tomirlarning bosilishi va surilib qolishi tobora zo‘rayib boradigan gipoksiya, sianoz, qattiq hansirash, bo‘yinturuq venalarining tepib turishi bilan birga davom etishi mumkin. Perkussiya qilib ko‘rilganda, plevra bo‘shlig‘idagi suyuqlik miqdorining tez ko‘payib borishi perkutor tovushning sezilarli darajada kalta tortib qolishiga sabab bo‘ladi, shu bilan birga, suyuqlikning ustki chegarasi rentgenologik tekshirishda yaxshi ko‘rinib turadigan qiyshiq chiziqni (Ellis-Damuazo-Sokolov) hosil qiladi.Auskultatsiya ekssudativ plevrit endi avj olib kelayot- ganida va ekssudat surilayot- ganida plevraning ishqalanish shovqini eshitilishi mumkin. Suyuqlik to‘planib qolganidan keyin ko‘krak qafasining pastki qismida nafas susayib qoladi, ekssudatning yuqori chegarasi ustida ko‘pincha bronxial tusga ega bo‘lgan nafas eshitiladi. Laboratoriya tahlili. Leykositoz, eritrotsitlar cho‘kish tezli- gining oshishi, eozinofiliya, limfopeniya va gemoglobinning o‘zga- rishi aniqlanadi. Pirke reaksiyasi (silni aniqlash uchun teriga qo‘yiladigan allergik sinama) ko‘pincha musbat natija beradi. Davolash. Bemorlar ixtisoslashgan kasalxonalarga qabul qilinib, eng avvalo, o‘ringa yotqizilishi kerak. Shikastlangan plevrani qimirlatmaslik uchun o‘pka harakati chegaralanadi, buning uchun kasal yonboshlab yotishi yoki ko‘krak qafasini chuqur nafas chiqarish fazasida qattiq bog‘lab qo‘yish tavsiya qilinadi. Bemorlar ovqatni tez-tez, oz miqdorda yeb turishi kerak. Ovqat yuqori kaloriyali, vitaminlarga, ayniqsa, A hamda B, C guruh vitaminlariga boy bo‘lishi lozim. Bu vitaminlar bemorlarga preparat shaklida ham buyuriladi. Shuningdek, kislorod terapiyasi va kompleksiga asosan, nafas gimnastikasi kiradigan davolash fizkulturasi tavsiya etiladi: davolash gimnastikasi ekssudatning surilishiga yordam beradi va plevrada chandiq hosil bo‘lishining oldini oladi. Muhim davo chorasi plevrani punksiya qilish, ya’ni plevra bo‘shlig‘idan ekssudatni chiqarib tashlashdir. Plevra punksiyasi uchun Poten apparatidan foydalaniladi. Plevra punksiya qilinayotgan paytda o‘rta tibbiyot xodimi stulda o‘tirgan bemor yonida turib, shifokorga ko‘maklashib boradi. Bu muolaja bajarilayotgan vaqtda bemor o‘zidan ketib qolishi mumkin, bunday holda zudlik bilan yurak tomirlarini quvvatlaydigan dori-darmonlar (kamfora, kofein)dan inyeksiya qilinadi. Plevrit etiologiyasi sil deb gumon qilinganida ftivazid, tubazid, PASK preparatlari o‘rinlidir.
| |
Просмотров: 4766 | |
Всего комментариев: 0 | |