Главная » Статьи » Tibbiyot

Endoskopiya

 

 

 

 

 

 

Endoskopiya (yunon. endon — ichki, ichkarida va skopeo — ko‘raman) — qovoq, ichi bo‘sh organlarni maxsus optik asbob — endoskop yordamida ko‘rib tekshirish usuli. Endoskop — jarrohlikda, gastroenterologiya, pulmonologiya, urologiya, gine- kologiya va boshqalarda diagnostika hamda davolash maqsadida qo‘llaniladi. Bronxoskopiya (bronxlarni tekshirish), gastroskopiya (me’dani tekshirish), rektromanoskopiya (to‘g‘ri va sigmasimon ichakni tekshi­rish), xistoskopiya (qovuqni tekshirish) va h.k.

Endoskop tasvirni katta- lashtirib ko‘rsatadigan yoritish sistemasi va ko‘pincha optik sistema bilan ta’minlangan metall naydan iborat. Zamonaviy endoskoplarda tolali optika mavjud bo‘lib, uning yordamida sog‘lom yoki kasallangan organ ichki yuzasining mukammal tasvirini olish, shuningdek, bir qator davo muolajalarini o‘tkazish, ya’ni gisto- logik tekshirish uchun biopsiya olish, yot jismlar va kichik o‘smalarni olib tashlash, polip, yaralarni kuydirish, mayda tomirlardan qon ketganda uni to‘xtatish mumkin.

Endoskop ko‘pgina kasalliklarni barvaqt (masalan, rentgeno- logik tekshirishga nisbatan oldinroq) aniqlash imkonini beradi. Ayniqsa, tolali optika bilan ta’minlangan endoskoplar diagnostik maqsadga muvofiqdir. Ko‘pgina yirik davolash muassasalarida maxsus endoskopik bo‘lim va kabinetlar tashkil etilgan.

Endoskopni mutaxassis shifokor mahalliy og‘riqsizlantirish (anesteziya) yoki umumiy narkoz yo‘li bilan bajaradi. Endoskopiya qilinganda bemor og‘riq sezmaydi va hech qanday asoratlar yuzaga kelmaydi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 1669 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar