Главная » Статьи » Tibbiyot

Eritrotsitlar cho‘kish tezligini (EChT) aniqlash

 

Eritrotsitlarning cho‘kish tezligi 4:1 nisbatida natriy sitrat bilan aralashtirilgan qonda aniqlanadi. Reaksiya Panchenkov apparatiga qo‘yiladi. Panchenkov kapillari natriy bilan yuvib tashlanadi, so‘ngra R (reaktiv) harfi qo‘yilgan 50 belgisigacha sitrat surtib olinadi va eritma vidal probirkasiga puflab tushiriladi. O‘sha kapillarning o‘zi bilan K (qon) belgisigacha ikki qayta qon olinadi va bu qon sitrat bilan aralashtiriladi.

Sitrat bilan aralashtirilgan qon boyagi kapillarga 0 belgisigacha tortib olinadi va tik qilib 1 soat shtativga qo‘yib qo‘yiladi. Bir soat o‘tganidan keyin cho‘kib qolgan eritrotsitlar ustida hosil bo‘lgan plazma ustunchasining kattaligi millimetrlar hisobida qayd qilinadi va bu eritrotsitlar cho‘kish tezligining o‘lchovi bo‘lib hisoblanadi. EChT me’yorda erkaklarda 10 mm/s.ga, ayollarda —14 mm/s.ga teng.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 6100 | Рейтинг: 1.0/1
Всего комментариев: 0
avatar