Главная » Статьи » Tibbiyot |
Etiologiya — kasallik yoki patologik holatning kelib chiqish sababini anglatadi. Kasallikni keltirib chiqaradigan tashqi va ichki sabablari bor. Tashqi omillarga infeksion, mexanik, fizik (harorat) va boshqa omillar kiradi. Infeksiya. Patogen (kasallik tug‘diruvchi) mikroorganizmlar (streptokokk, pnevmokokk, dizenteriya tayoqchalari va boshq.) hamda viruslar kasallik sababchisi bo‘lishi mumkin. Ular sog‘lom odam organizmiga yoki to‘g‘ridan to‘g‘ri bemordan, yo‘talganda, aksirganda, so‘lagidan, tomog‘i hamda yuqori nafas yo‘llaridan chiqadigan shilimshiq, balg‘amni tarqatib atrofdagilarga yuqtirganda o‘tadi (infeksion havo — tomchi yo‘li bilan o‘tish) yoki qanday bo‘lmasin biror mikroorganizmlar bilan ifloslangan oziq-ovqat mahsulotlari bilan birga tushadi (yuvilmagan sabzavot-mevalarni yeyish, qo‘llarning kir bo‘lishi). Infeksiya bemorning ajralmalari bilan ifloslangan buyumlar orqali, shuningdek, changdan ham yuqishi mumkin. Patogen mikroorganizmlar terining shikastlangan joyidan (tirnalgan, shilingan joylaridan) ichkariga o‘tib, yiringli teri kasalliklari — piodermiyalarga sabab bo‘lishi mumkin. Parazitar kasalliklar tirik qo‘zg‘atuvchilar tufayli paydo bo‘la- digan kasalliklarning katta guruhini tashkil etadi. Bularning eng ko‘p tarqalgani gelmintoz (gijja kasalligi)dir. Gijjalar ko‘pincha sog‘lom odamning hazm yo‘llariga tuxumlari tushib qolishidan yuqadi (yuvilmagan qo‘llardan, gijjalar tashib yurishi mumkin bo‘lgan uy hayvonlariga juda yaqin yurish natijasida). Parazitar va infeksion kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilari bir qancha hollarda qon- so‘rar hasharotlar orqali o‘tadi. Chunonchi, bezgak chivinlari bez- gak qo‘zg‘atuvchilarini, kanallar ensefalit va boshqa kasalliklarning qo‘zg‘atuvchilarini yuqtiradi. Infeksiyalar paydo bo‘lib, avj olib borishida organizmga qanday bo‘lmasin biror turdagi patogen mikroorganizmlarning o‘tishigina emas, balki organizmning qarshiligi ham muhim rol o‘ynashini aytib o‘tish kerak. Mudom to‘laqonli ovqatlanmaslik, jismoniy va asabiy zo‘riqishlar, sovuq qotib yurish natijasida organizmning zaiflashib qolishi uning infeksion kasalliklarga ko‘rsatadigan qarshiligini kamaytirib boradi. Mexanik omillar. Mexanik sabablar tufayli paydo bo‘ladigan kasalliklar jumlasiga miya silkinishi, lat yeyishi, jarohatlanishi, suyaklar sinishi (suyaklarning ochiq va yopiq sinishi), bo‘g‘in- larning chiqishi va boshqalar kiradi. Ko‘krak qafasi lat yeyishi tufayli travmatik plevrit (plevra yallig‘lanishi), travmatik pnevmoniya (o‘pka yallig‘lanishi, zotiljam) paydo bo‘lishi, shuningdek, plevra yorilib, plevra bo‘shlig‘iga havo o‘tishi — pevmotoraks vujudga kelishi mumkin. Mexanik shikastlar og‘ir patologik holatlarga sabab bo‘lishi, masalan, umurtqa pog‘onasi sinib, orqa miya uzilib ketishiga, qon tomirlari shikastlanib qon ketib qolishiga sabab bo‘lishi mumkin. Bir qadar zo‘raygan og‘riqqa sabab bo‘ladigan mexanik shikast shokka olib kelishi mumkin (odamning o‘zidan ketib, arterial bosimining keskin pasayib, rangi oppoq oqarib ketishi). Vaqtida yordam ko‘rsatilmasa, shok shikastlangan odamni o‘limga olib kelishi mumkin. Fizik omillar. Bularga odamning sovuq qotishi kiradi, bu respirator kasallik paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Yelvizak, odamning sovuqda, yomg‘irda qolib ketishi organizmga yomon ta’sir ko‘rsatadi. O‘tkir respirator kasallikka o‘z vaqtida va yetarli davo qilinmasa, u asoratli bo‘lib, traxeobronxit, bo‘g‘inlar yallig‘lanishi, nefrit va piyelit — buyrak hamda buyrak jomlarining yallig‘lanishi singari kasalliklarning paydo bo‘lishi ham organizmning sovuq qotishiga bog‘liq, deb hisoblanadi. Organizm haddan tashqari uzoq vaqt davomida sovuq qotganda, uning barcha funksiyalari to‘xtab qoladi va odam o‘ladi. Agar odam ochiq havoda harakatsiz turadigan bo‘lsa (masalan, mastlik holati),
Sovuqning qanday bo‘lmasin, bemor tana qismiga mahalliy ta’sir ko‘rsatishi sovuq urishiga sabab bo‘lishi mumkin. Odam sovuqda uzoq turib qolganda, oyoq namlanganda qon aylanishi izdan chiqadi, terisi oqarib, eti uvushib qolganini sezadi. Sovuq olish yengil va og‘ir darajali bo‘lishi mumkin. Yengil sovuq olganda qon aylanishi osongina asliga keladi, sovuq olish og‘ir darajada bo‘lganda esa to‘qimalarda qaytarib bo‘lmaydigan organik o‘zgarishlar — xirurgik aralashuvni talab etadigan nekroz paydo bo‘ladi. Havo harorati yuqori bo‘lganda va yaxshi shamollatilmaydigan xonada, shuningdek, oftob joyda uzoq turish, mo‘tadil va sovuq iqlim zonalaridan birdan issiq iqlim zonasiga o‘tib qolish va bunda gigiyenik maslahatlarga amal qilmaslik badan qizib ketishiga hamda issiqlik elitib qo‘yishiga olib kelishi mumkin. Atmosfera bosimining o‘zgarishi ham bir qancha kasalliklarga sabab bo‘ladi. Masalan, dengiz sathidan 3500—4000 metr va undan ko‘proq balandlikda odam burni qonab, umuman, darmonsizlanib, boshi aylanib qolishi mumkin. Bu nafas olinadigan havodagi parsial bosimning tez pasayishi bilan xarakterlanadigan balandlik kasalligi deb ataluvchi hodisa bo‘lib, yetarli mashq qilmagan alpinistlarga maxsus kislorod asboblari berilganda va yakka o‘zi ancha balandlikka tez ko‘tarilganda ro‘y beradi. Atmosfera bosimi baland joydan odam atmosfera bosimi normal joyga tez o‘tganda, qonda erigan gazlar pufakchalar hosil qilib, organizmning hayoti uchun muhim qismlari (jumladan, bosh miya)dagi mayda-mayda tomirlar (kapillarlar)ga tiqilib qoladi. Bu Kesson kasalligi bo‘lib, uning oqibatida organizm hayot faoliyatining buzilishiga olib keladi. Kimyoviy omillar. Turli kimyoviy moddalar (kislotalar, ishqor- larning konsentrlangan eritmalari) mahalliy ta’sir qilganda o‘sha joylar qattiq kuyib qolishi mumkin. Katta dozalardagi kuchli alkogolli ichimliklar organizmga nihoyatda zararli ta’sir ko‘rsatadi. Tarkibida sivush moylari bo‘la- digan alkogolli qo‘lbola ichimliklar (samagon), ayniqsa zararlidir. Ovqatlanishning buzilishi. Etiologik omillar qatoriga ovqatlanish- ning buzilishi ham kiradi. Yetarlicha ovqatlanmaslik, ortiqcha ovqatlanish ham zararlidir, ovqatga yolchimaslik organizmning holdan toyib, infeksiyaga ko‘rsatadigan qarshiligi kamayib ketishiga, gipo va avitaminozlar paydo bo‘lishiga olib kelsa, ortiqcha ovqatlanish oziq-ovqat mahsulotlarining energetik qiymati energiya sarfidan ancha ortib ketishiga olib boradiki, bu moddalar alma- shinuvi buzilishiga, odam semirib, uni yog‘ bosishiga olib kelishi mumkin. Ijtimoiy omillar. Ijtimoiy sharoitlarning nobop bo‘lishi kasalliklar paydo bo‘lishida katta rol o‘ynaydi. Chunonchi, Osiyo, Afrika va Lotin Amerikasining bir qancha mamlakatlarida ko‘p yillik mustamlakachilikning oqibati sifatida aholi turmush darajasining pasayib ketgani infeksion, parazitar kasalliklarning tarqalishiga yo‘l ochib, ovqatga yolchimaslik — avitaminozga sabab bo‘ladi. Kasb-korga aloqador kasalliklarning ko‘payishi korxonalarda texnika xavfsizligining buzilishi natijasidir. Salbiy his-hayajonlarning roli. Noqulay ta’sirotlar jumlasiga odamning ruhiy-asabiy jihatiga ta’sir qiladigan salbiy his-hayajon- larni kiritish kerak. Bu ta’sirotlarning beqiyos roli mavjudligini fiziolog I.P. Pavlov aytib o‘tgan. Shifokor so‘zi dardga malham bo‘lish bilan birga, u odamni zabun qilib qo‘yishi ham mumkin. Har bir tibbiyot xodimi bemorlar bilan muloqotda shuni esda tutishi kerak. Bemorga vaqtida aytilgan shirin so‘z, tez orada sog‘ayib ketishini istab bildirilgan yaxshi niyat, shifokor buyurganlarini muloyimgina qilib, qunt bilan eslatib turish uning sog‘ayib ketishida juda muhimdir. O‘rta tibbiyot xodimi tibbiyot deontologiyasining asoslarini bilishi kerak. Gohida nuqul hadiksiraydigan serfikr bemor- ning ko‘nglini tinchitish, kasallikning og‘irligi haqidagi noto‘g‘ri xayollarini yo‘qqa chiqarish zarur bo‘ladi. Ikkinchi tomondan, rejimni buzib, shifokor maslahatlariga parvo qilmaydigan intizomsiz bemorni uning o‘zboshimchaligi yomon oqibatlarga olib borishi mumkinligi to‘g‘risida qat’iy ogohlantirib qo‘yish kerak. Allergik omillar. Allergiya organizm reaktivligi o‘zgarib qolganligi tufayli, uning turli moddalarga ortiqcha sezgir bo‘lib qolishidir. Allergiyada organizm sezuvchanligi ortib ketishining ma’lum xususiyatlari bor. Ilgari odam qaysi omillar (allergen)ga duch kelgan bo‘lsa, u shu omilga ortiqcha sezuvchan bo‘lib qoladi. Klinik jihatdan olganda, bu allergik reaksiyalar deb ataladigan reaksiyalar bilan ifodalanadi. Allergik reaksiyalarning jadal va sust boradigan xillari bor. Jadal reaksiyalarga anafilaktik shok degan og‘ir patologik o‘zgarish kiradi. Jadal allergik reaksiyalar, odatda, organizm allergenga duch kelganidan keyin oradan 15—20 minut o‘tishi bilan boshlanadi. Sekin boradigan allergik reaksiyalarga birmuncha kechroq — bir necha soat, kundan keyin boshlanadigan organizm reaksiyalari, masalan, bir qancha o‘simlik allergenlari (gul changlari) yoki sanoat allergenlari (bo‘yoqlar) ta’sir qilganda paydo bo‘ladigan dermatit (teri kasalliklari) kiradi. Allergik omilning roli katta bo‘ladigan kasallikka bronxial astma misol bo‘lishi mumkin. Irsiyat. Kasallikning ba’zi alomatlari va xususiyatlari nasldan naslga o‘tishi mumkin. Qandli diabet, gipertoniya, yurakning ishemiya kasalligi va boshqalar irsiy bo‘ladi. Tegishli turmush va mehnat sharoitlari, ovqatlanish va mikroiqlim sharoitlarini yaratib, irsiy kasalliklarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. | |
Просмотров: 1353 | |
Всего комментариев: 0 | |