Главная » Статьи » Tibbiyot

Ichki kasalliklar faniga katta hissa qo‘shgan o‘zbek olimlari

 

Shokir Alimovich Alimov (1912—1976)— ftiziatr, O‘zbekiston FAning akademigi (1974), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan va texnika arbobi (1962), tibbiyot fanlari doktori (1951), profes­sor (1953), SamTIni tugatgan (1935), O‘zbekiston sil kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining ordenatori (1935—1940), Toshkent shahridagi 2-sil kasalxonasining bosh shifokori (1941—1943). Sh.A. Alimov silning epidemiologiyasi, oldini olish va davosi ustida ishlab, bemorlarni mehnat bilan davolashni ilgari surdi. Uning tashabbusi bilan O‘zbekistonda mehnat bilan davolash sanatoriysi, ko‘plab sil dispanserlari ochildi. O‘zbekiston sil kasalliklari ilmiy tekshirish instituti, Toshkent ko‘chalaridan biri Sh.A. Alimov nomi bilan atalgan.

Akbar Asqarovich Asqarov (1902—1978) — terapevt, O‘zbekiston FAning muxbir a’zosi (1943), tibbiyot fanlari doktori (1947), professor (1948), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1956). 1927-yili O‘rta Osiyo davlat universiteti tibbiyot fakultetini bitirgan. Toshkent tibbiyot instituti «Fakultet terapiyasi» kafedrasi mudiri (1941-yildan). A.A. Asqarov ko‘p yillar davomida me’da-ichak kasalliklari etiologiyasi, klinikasi va davolash (ayniqsa, o‘zbek taomlaridan tuzilgan parhez yordamida) usullari ustida ilmiy tadqiqot ishlari olib borgan. A.A. Asqarovning ingichka ichak, yo‘g‘on ichak, o‘t pufagi va jigar kasalliklari ustida olib borgan ilmiy ishlari tibbiyot nazariyasi va amaliyotini boyitgan. Ibn Sino «Tib qonunlari» asarining o‘zbekcha nashriga mas’ul muharrir va ruscha nashrining tahrir hay’ati a’zosi bo‘lgan. Toshkentdagi ko‘chalardan biri uning nomiga qo‘yilgan.

Ulug‘bek Akbarovich Asqarov (1928) — terapevt, O‘zbe- kistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1990), tibbiyot fanlari doktori (1970), professor (1970). Ilmiy ishlari antibiotika-terapiya, gematologiya, gastroenterologiya, diyetologiya va farmakalogiya masalalariga bag‘ishlangan. U.A. Asqarov O‘zbekistonda surunkali kolitning kelib chiqishi, patogenezi, klinikasi va davolash usullarini ishlab chiqqan. Xalqaro ilmiy anjumanlar qatnashchisi.

O‘ktam Karimovna Vahobova (1928) — terapevt-kardiolog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1980), tibbiyot fanlari doktori (1972), professor (1973). Samarqand davlat tibbiyot institutining pediatriya fakulteti «Ichki kasalliklar» kafedrasi mudiri, institut rektori (1982—1986). Yurak-tomir kasalliklari, yurakning ishemik kasalligi, gipertoniya va aterosklerozning epidemiologiyasi, klinikasi va zamonaviy davolash usullari, shuningdek, uglevodlar va lipidlar almashinuvining biokimyoviy ko‘rsatkichlarini aniqlashga oid ilmiy ishlari bor. «El-yurt hurmati» ordeni bilan mukofotlangan (1998).

Tursunboy Boyjonovich Eshchonov (1940) — terapevt, O‘zbe- kiston FAning akademigi (1995), Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1984), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan sog‘liqni saqlash xodimi (1994), tibbiyot fanlari doktori (1984). O‘zbekiston dermatologiya va venerologiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1987—1990; 1998-yildan), Qoraqalpog‘iston Sog‘liqni saqlash vaziri (1990—1997), 1997-yildan O‘zbekiston FAning vitse-prezidenti, akademiyaning Qoraqalpog‘iston bo‘limi rayosati raisi, Qoraqalpog‘iston davlat universiteti «Farmakologiya, klinik farmakologiya va patologik fiziologiya» kafedrasi mudiri. T.B. Esh- chonovning ilmiy asarlari allergik kasalliklarning etiologiyasi, epidemiologiyasi, klinikasi va davosiga bag‘ishlangan.

Nosir Ismoilovich Ismoilov (1901 — 1974) — terapevt, O‘zbekiston FAning muxbir a’zosi (1947), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1948), tibbiyot fanlari doktori (1947), pro­fessor (1948). 1942-yildan ToshTI ichki kasalliklar propedevtikasi kafedra mudiri. Addison-Birmer kasalligi, chillashir, pellagrada ko‘mikda qon yaratilishi, me’da-ichak, yurak-tomir va qon kasal­liklari ustida ilmiy ishlar olib borgan.

Karim Yo‘ldoshevich Yo‘ldoshev (1933—1999) — kardiolog, O‘zbekiston FAning akademigi (1995), O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1983), tibbiyot fanlari doktori (1971), pro­fessor (1972). Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti «Kardiologiya va funksional diagnostika» kafedrasi mudiri (1973-yildan), O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari (1973—1982), O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi Salomatlikni tiklash va fizioterapiya ilmiy tadqiqot instituti direktori (1988-yildan), O‘zbekiston FA rayosati a’zosi (1996-yildan) va tibbiyot fanlari bo‘limi raisi (1996—1998). K.Y. Yo‘ldoshev ichki a’zolar klinik fiziologiyasi va patologiyasi, kardiologiya, gastro- enterologiya, pulmonologiya, farmakoterapiya va salomatlikni tiklash muammolari ustida tadqiqot olib borgan. K.Y. Yo‘ldoshev rahbarligida yurak-qon tomirlar, nerv, ovqat hazm qilish sistemalari, nafas a’zolari, tayanch-harakat apparati kasallangan bemorlar sog‘lig‘ini tiklash maqsadida organizmdagi a’zolar va sistemalar funksiyasining ma’romiga fizik omillar ta’siri o‘rganildi. U sharq tabobati markazini tashkil etib, uning faoliyatiga rahbarlik qildi. Rossiya tibbiyot FAning muxbir a’zosi (1991).

Niyoz Sulaymonovich Kelginboyev (1914—1978) — terapevt, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1965), tibbiyot fanlari doktori (1963), professor (1967). Toshkent shifokorlar malakasini oshirish instituti «Terapiya» kafedrasida intern-shifokor (1936— 1939), ToshTI «Patofiziologiya» kafedrasida assistent (1939), harbiy qismlarga shifokor (1940—1945), ToshTI «Gospital terapiya» kafedrasida assistent (1945—1950), dotsent (1950—1958), O‘lka tibbiyoti ilmiy tadqiqot institutida farmakoterapiya laboratoriyasi (1959—1967), 1967-yildan bo‘lim mudiri. Ilmiy ishlari farma- kologiyaga oid. Kimyogar, botanik va farmakologlar bilan ham- korlikda strofantinni topib, klinikaga joriy etgan. Yurak kasalliklarini glikozidlar bilan davolash ustida tadqiqot olib borgan.

Rauf Abdullayevich Abdullayev (1922) — terapevt, O‘zbe- kistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1968), tibbiyot fanlari doktori (1958), professor (1960), SamTI «Gospital terapiya» kafedrasi assistenti (1943—1945) va shu inst.it.ut. rektori (1945—1951), 1952-yildan Toshkent shifokorlar malakasini oshirish institutining terapiya kafedrasida assistent, dotsent, kafedra mudiri (1961—1992), 1992-yildan 2-terapiya kafedrasida professor-maslahatchi. Ilmiy ishlari, asosan, yurak-tomir va jigar kasalliklarining kelib chiqish sabablari, ularning oldini olish va davolash masalalariga bag‘ish- langan.

Rajab Qoplonovich Islombekov (1925) — endokrinolog olim, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan fan arbobi (1964), tib­biyot fanlari doktori (1961), professor (1964). «Normal ana- tomiya» (1948—1952), «Xirurgiya» kafedralari (1952—1957) assis­tenti, O‘lka tibbiyoti ilmiy tadqiqot instituti endokrinologiya bo‘limi mudiri (1958—1967), shu institut direktori (1967—1971), Moskva endokrinologiya instituti professori (1975). R.Q. Islom­bekov Y.T. To‘raqulov bilan hamkorlikda dunyoda birinchi bo‘lib buqoq kasalligini aniqlash va davolashning yangi usulini ishlab chiqdi. Bu kashfiyot uchun ular nufuzli mukofotga sazovor bo‘lishgan.

Asosiy ilmiy ishlari sog‘ va kasallangan qalqonsimon bezning klinikasi, morfologiyasi va gistomorfologiyasi, shuningdek, radio- aktiv yod yordamida triyeotoksikozni aniqlash va davolash masa- lalari hamda tarqoq va tugunli toksik buqoqning radioyod terapiyasi natijalarini o‘rganishga oid R.Q. Islombekovning «Tahlikali zamonlar» (Moskva, 1995-yil, o‘zbek va rus tillarida) esdaligi va bir nechta kitobi nashr etilgan. Rossiya Tibbiyot fanlari akademiyasi muxbir a’zosi (1969), Xalqaro axborot akademiyasi akademigi (1994).

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 3615 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar