Главная » Статьи » Tibbiyot

Kasallikning kechishi

 

 

 

Kasallik hamisha ham endi boshlanishidanoq sezilarli klinik simptomlar bilan namoyon bo‘lavermaydi. Kasallikning yashirin yoki latent davri bo‘ladi, bunda organizm qarshilik ko‘rsatib, kasallik tug‘diradigan u yoki bu omilga moslashish reaksiyalarini yuzaga chiqarib turadigan bo‘lgani uchun subyektiv va bir qancha hollarda obyektiv simptomlar bo‘lmaydi. Masalan, organizmga radioaktiv moddalar ta’sir qilgandan keyin nur kasalligining simptomlari dastlabki vaqtda unchalik kuzatilmaydi.

Sog‘ayish davrida ushbu kasallikning yetakchi simptomlari bosilib, kasallik oqibatlari qoladi (masalan, infeksion kasalliklardan keyin quvvatsizlik hissi, tana og‘irligining kamayib ketishi).

Kasallik avj olib borishida quyidagi davrlar tafovut qilinadi:

  1. Inkubatsion (yashirin, latent) davr.
  2. Prodromal davr (kasallik avj olib borishida uning asosiy klinik alomatlari ma’lum bo‘lishidan oldin bo‘lib o‘tadigan davr).
  3. Kasallik rasmona avj oladigan davr.
  4. Sog‘ayish davri.

Kasallik qanday o‘tishiga qarab: o‘tkir, yarimo‘tkir, surunkasiga cho‘ziladigan, ya’ni surunkali bo‘lishi mumkin. O‘tkir kasallikka gripp (birdan boshlanib, simptomlari tez kuchayib boradi, nisbatan qisqa davom etadi) va turli zaharlardan zaharlanish kiradi. Krupoz pnevmoniya, dizenteriya, infeksion gepatit (jigar yallig‘lanishi) va boshqalar ham o‘tkir kasalliklar jumlasiga kiradi. Yetarlicha davo qilinmaganda, o‘tkir kasalliklar surunkali tarzda o‘tadigan bo‘lib qolishi mumkin.

Kasallikning yarimo‘tkir tarzda o‘tishi — bu o‘tkir va surunkali turlar o‘rtasida turadigan oraliq davr hisoblanadi. Kasallik surunkali tarzda o‘tayotganida bemor ahvoli yaxshilanib, kasallik simptomlari vaqtincha susayib qolishi yoki yo‘qolib ketishi remissiya davri deyiladi.

Retsidiv, ya’ni qo‘zish deb kasallik simptomlari bir qadar uzoq vaqt bosilib turgandan keyin yana paydo bo‘lishiga aytiladi.

Kasalliklarning oxirida asoratlar vujudga kelishi mumkin (masalan, o‘t-tosh kasalligida o‘t pufagi yorilib, qorin pardasining yallig‘lanib ketishi).

Kasallik oqibati — bu qilingan davo tufayli ko‘pincha sog‘ayib ketish yoki dardning uzoq vaqt qaytarilib turishi, ya’ni remissiyaga o‘tishidir. Lekin ba’zi hollarda kasallik surunkali turga aylanib ketishi, bedavo kasalliklar esa o‘limga olib borishi mumkin.

Davo tashxis qo‘yilgandan keyin boshlanadi. Davolash hamisha kompleks usulda olib boriladi. U rejim bilan davolash turini: ambu- latoriya, kasalxona yoki sanatoriyada davolanishni o‘z ichiga oladi. Rejim asosida o‘rindan turmay yotish va umumiy rejimlar belgila- nishiga qarab, o‘rnida yotish rejimini buyurishda shifokor bemorga nimalar kerakligini: bemorni mutlaq tinch qo‘yib, unga doim qarab turish kerakligini yoki bo‘limdagi oshxonaga, hojatxonaga borish uchun unga ruxsat berilganligi, nisbatan tinchlik kerakligini aniqlab oladi va h.k.

Davoning yana bir tarkibiy qismi parhezdir: parhez bilan davolash, ya’ni diyetoterapiya davo chora-tadbirlari kompleksida katta ahamyatga ega. Dori-darmonlar bilan davolash dori modda- larini turli xil yo‘llar bilan organizmga kiritishni: ichirish, teri ostiga, muskullar orasiga, venadan yuborish, shuningdek, fizio- terapevtik asboblar yordamida dori yuborishni ko‘zda tutadi. Fizio- terapiya, davolash fizkulturasi va sanatoriy- kurortlarda davolanish kasalliklarga davo qilishda katta o‘rin tutadi. Davoning mana shu barcha turlarida o‘rta tibbiyot xodimining roli, shifokor buyurgan- larini to‘g‘ri va tez bajarib borishi nihoyat darajada katta ahamiyatga ega. Bemorni davolash o‘rta tibbiyot xodimining asosiy vazifasi hisoblanadi. O‘z vaqtida va sifatli ko‘rsatilmagan tibbiy yordam bemor sog‘ayishini qiyinlashtiradi. Bemorni davolash uchun tibbiyotda uning har xil usullari qo‘llaniladi. Tibbiyotda qo‘llanila- digan davolash usullari umumiy qilib an’anaviy davolash usullari deyiladi. Ularga quyidagilar kiradi:

  • etiologik davo — kasallikning kelib chiqishi sabablarini yo‘qo- tishga qaratilgan davo (yuqumli kasalliklarda antibiotiklar bilan davolash, hasharotlar chaqqanida antidotlar bilan davolash);
  • patogenetik davo — kasallikning paydo bo‘lish mexanizmiga ta’sir qiladigan davo (zararlangan to‘qima va hujayralarning faoliyatini tiklash);
  • simptomatik davo — kasallikning belgisini yo‘qotishga qaratilgan davo (og‘riqni qoldirish, tana haroratini tushirish);
  • psixoterapevtik davo — kasallik natijasida paydo bo‘lgan ruhiy kechinmalarni yengillatishga qaratilgan davo (bemorni tinchlan- tirish, uni sog‘ayishga ishontirish, qo‘rquvni yo‘qotish);
  • parhez bilan davolash, ya’ni diyetoterapiya;
  • fizioterapevtik davo — suv, havo, quyosh, parafin, elektr toki bilan davolash.

Noan’anaviy davolash usullariga quyidagilar kiradi: girudo- terapiya — zuluk bilan davolash; igloterapiya — igna bilan davolash; fitoterapiya — giyohlar bilan davolash va boshqalar.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 1975 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar