Главная » Статьи » Tibbiyot |
Kompyuter tomografiyasi (KT) zamonaviy diagnostik tekshirish usuli bo‘lib, 1972-yilda G. Hounsfield, A. Sormac tomonidan ixtiro qilingan. Ularga bu ixtiro uchun 1979-yilda Nobel mukofoti berilgan. KTda boshqa rentgen tekshirish usullarida ishlatiladigan rentgen nurlaridan foydalaniladi. Oddiy rentgenografiyadan farqli o‘laroq, KTda odam tanasining ko‘ndalang kesim yuzasi rentgen nurlari yordamida suratga olinadi. Bunda odam tanasining har bir mm qavatini o‘rganish mumkin. Bunday imkoniyat oddiy rentgeno- grafiya tekshirish usulida yo‘q. KTda nurlar maxsus matritsaga yuboriladi. Matritsadagi axborot kompyuterga keladi. Kompyuterda matritsadan olingan axborot yordamida odam tanasidan o‘tgan X — nurlarning yutilishi monitorda namoyon bo‘ladi. Shunday qilib, ekranda nurlarning yutilishida hosil bo‘ladigan har qanday kichik o‘zgarishlar namoyon bo‘ladi. Bunday o‘zgarishlarni yaxshiroq ko‘rish uchun ayrim hollarda kontrast moddalardan foydalaniladi. KT yordamida hozirgi vaqtda bosh miya, orqa miya, umurtqa pog‘onasi, o‘pka, ko‘krak qafasi a’zolari, jigar, buyrak, me’daosti bezi, buyrakusti bezi, aorta va o‘pka arteriyalarini tekshirish mumkin. 2000-yildan boshlab, KTning yangi avlod turlari paydo bo‘la boshladi: spiral kompyuter tomografiyasi (SKT), multispiral kompyuter tomografiyasi (MSKT). | |
Просмотров: 3280 | |
Всего комментариев: 0 | |