Главная » Статьи » Tibbiyot

Krupoz va o‘choqli pnevmoniyalarni davolash, oldini olish

 

 

 

 

 

 

Davolash. Pnevmoniyalarni davolash infeksiyaga qarshi kurashishdan boshlanadi. Shu maqsadda antibiotiklar (ampitsillin, oksatsillin, gentamitsin, neomitsin) va sulfanilamid preparatlari, sefalosporinlar (kefzol, sefozolin, seftriakson, subazon) buyuriladi.

Balg‘am ko‘chiruvchi vositalardan (bronxolitin, pertussin, teofedrin, mukaltin, termopsis o‘ti damlamasi), yo‘talga qarshi dorilar (bromgeksin, tusupreks, libeksin, falimint, stoptussin, ambrobene) beriladi. Bronxolitiklar qo‘llaniladi (efedrin gidro- xlorid, eufillin eritmasi, bronxolitin, teofedrin va h.k.).

Pertussin — katta yoshli odamlarga bir osh qoshiqdan kuniga uch mahal, ilitilgan sutga «Borjomi» yoki ichimlik soda (natriy gidrokarbonat) qo‘shib ichish tavsiya etiladi. Termopsis o‘ti (sichqon o‘t) damlamasi (0,6—1,0: 180,0—200,0) kuniga 2—4 mahal 1 osh qoshiqdan, quruq ekstrakti 0,01—0,05 g.dan beriladi. Bromgeksin 0,004 g kuniga 2—3 mahal 0,004—0,008 g.dan ichiladi. Mukaltin 0,05 g ovqatdan oldin har safar 0,05—0,1 g.dan kuniga 2—3 marta ichiladi. Vitaminlar, glukoza eritmalari, ishtahani ko‘taruvchi dori-darmonlar, chalg‘ituvchi vositalar, xantal qog‘ozi hamda kukuni, oyoqlarga vanna, har xil dorili o‘simlik moylaridan surkash, shifobaxsh o‘simliklardan tog‘ rayhon, ko‘kat (oqqal- dirmoq), oq andiz berish foydalidir — bular balg‘amning tez ajralishiga olib keladi. Ajgon damlamasi (tmin); anjir, limon, behi, trup damlamasi, zaytun moylari, zig‘ir moylari, isfarak dam­lamasi, lavlagi, maymunjon murabbosi, isiriq, malina mevalari va murabbosi, omonqora damlamasi, oq karrak, oq qaldirmoq, petrushka, sarimsoq piyoz beriladi.

Simptomatik davo choralari amalga oshiriladi (tana haroratini tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi, antigistamin va h.k.).

Fizioterapevtik muolajalar — diatermiya, induktotermiya, UF, ingalatsiya, UVCh, mikroto‘lqinli terapiya, davolovchi jismoniy badantarbiya mashqlari.

Profilaktikasi. Bemorlar kasallik davrida va krizisdan keyin 10 kun o‘rinda yotishi kerak, nafas olishni osonlashtirish uchun bosh ostiga baland qilib yostiq qo‘yiladi. Bemor o‘rinda yotgan vaqtida o‘zi mustaqil harakat qilishi mumkin emas, shuning uchun tuvakni bemor yotgan yerga olib kelinadi.

Bosh og‘rig‘i, alahsirash bilan birga, tana harorati ko‘tarilganda bemor boshiga muz solingan rezinka xaltacha qo‘yiladi. Og‘iz bo‘shlig‘ini kuzatib borish, har kuni tilni va og‘iz bo‘shlig‘i shilliq pardasini 1 % li borat kislotasi eritmasi bilan tozalash zarur.

Bemor yotgan xonani doimo ozoda tutish, tez-tez shamollatib turish, u yerda tinchlikni saqlash kerak. Bemorni ko‘rgani keluv- chilar soni chegaralanishi, balg‘amni maxsus idishga yig‘ish kerak. Najas va siyish muntazam bo‘lishi lozim. Shuning uchun qabziyat yuz berganda tozalovchi huqna qo‘llanishi zarur.

O‘pkasi yallig‘langan bemorni har kuni shifokor ko‘rishi va uni o‘rta tibbiyot xodimi kuzatib borishi kerak. Chunki bemorning holati ba’zan bir necha soat davomida keskin o‘zgarishi mumkin. Masalan, darhol qo‘llaniladigan choralarni talab qiluvchi yurak- tomir sistemasi faoliyati zaiflanishi mumkin. Kasallik og‘ir kecha- yotganda va bemor alahsirayotganda uning karavoti oldida shaxsiy post o‘rnatish kerak.

Taom mexanik va kimyoviy jihatdan ehtiyotlovchi, vitamin- larga, ayniqsa, C vitaminiga boy bo‘lishi kerak. Sut-o‘simlik diyetasi tavsiya qilinadi. Hayvon oqsillarini biroz chegaralash maqsadga muvofiqdir. Taomni bemor oz-ozdan yeyishi lozim. Kasallikning dastlabki kunlarida suyuq yoki yarim suyuq taomlar — choy, qahva, sut, kisel, meva sharbatlari, bulyon, qaymoq, ilitilgan tuxum, manniy bo‘tqasi, qiymalangan go‘sht buyuriladi.

Sanitariya-sog‘lomlashtirish tadbirlari, jismoniy tarbiya, sport mashg‘ulotlari, organizmni chiniqtirish, o‘pka zotiljami rivojlana- digan fondagi turli xil surunkali o‘pka kasalliklarini o‘z vaqtida davolashdan iborat. Chekish, spirtli ichimliklar ichish, ishlab chiqarish zararli moddalari — chang-to‘zon, zararli gazlar va h.k.ga qarshi kurashish kabilar asosiy profilaktik tadbirlardan hisoblanadi.

 

 

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 1441 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar