Главная » Статьи » Tibbiyot |
Leykotsitlar. Oq qon tanachalari — qonning yadroli va protoplazmali rangsiz hujayralari. Yadrosining shakli har xil, shunga ko‘ra, tayoqcha yadroli, segment yadroli va monotsitlarga ajratiladi. Leykotsitlar ko‘mik, limfa tugunlari va taloqda hosil bo‘ladi. Donali leykotsit (granulotsit)lar va donasiz leykotsit (agranulotsit)lar farq qilinadi. Qonni tekshirganda leykotsitlarning bo‘yalish xususiyatiga qarab, ularni eozinofillar (kislotali bo‘yoq — eozin bilan bo‘yaladi), bazofillar (asosli bo‘yoq — metilin ko‘ki bilan bo‘yaladi) va neytro- fillarga (neytron bo‘yoqlar bilan bo‘yaladi) bo‘linadi, ularning har bin ma’lum bir funksiyani bajaradi. Leykotsitlar qon tomir o‘zanidan chiqib, hujayralararo bo‘shliqda o‘zicha harakat qila oladi. Ular organizmning yot jismlar kirgan joyiga yetib kelib, mikroorganizmga yaqinlashgach, soxta oyoqlar chiqarib, ularni hamma tomondan o‘rab oladi va yutib yuboradi. Yutilgan mikroorganizm yemirilib, leykotsit proto- plazmasida hazm bo‘lib ketadi. Ko‘pincha bu jarayonda leykotsitlarning o‘zi ham nobud bo‘ladi, natijada yiring to‘planadi. Organizmga kirgan zararli mikroorganizmlar (bakteriyalar, viruslar, zamburug‘lar va boshq.) shuningdek, jonsiz zararlarning leykotsitlar tomonidan shu tariqa yo‘q qilinishi fagositoz deb, buni amalga oshirgan leykotsitlar fagotsitlar deb ataladi. Leykotsitlarning organizmdagi rolini va fagositoz haqidagi ta’limotni rus olimi I.I. Mechnikov kashf etgan. Organizmni mikroorganizmlarda himoya qilishda qon yaratish organlarining roli katta, bu vaqtda ular ko‘plab leykotsit ishlab chiqaradi. Fagositozda faqat leykotsitlargina emas, balki organizmdagi boshqa hujayralar ham ishtirok etadi. Bunday hujayralar makro- faglar deyiladi. Leykotsitlar, makrofaglar, qon va to‘qimalardagi boshqa aktiv moddalar faqat bakteriyalar hamda kasallik qo‘zg‘atuvchi agentlarni yutib yuborish bilan kifoyalanmay, balki organizmni jarohat yoki kasallik tufayli nobud bo‘lgan hujay- ralardan, toksinlardan ham tozalaydi. Shuning uchun turli kasalliklarda qonda leykotsitlar soni ancha oshib ketadi. 1 mkl qonda, odatda, 4000—9000 leykotsit bo‘ladi. Ular soni kun bo‘yi o‘zgarib turadi, masalan, ertalab tongda leykotsitlar kam bo‘lsa, tushdan keyin ko‘payadi. Leykotsitlarni ayrim turlari foiz jihatidan muayyan nisbatda bo‘ladi (ahyonda o‘zgarishi ham mumkin), bu nisbat leykotsitar formula deb ataladi. Bu formulani to‘g‘ri aniqlash klinikada kasallikka tashxis qo‘yishda katta ahamiyatga ega. Leykotsitlarni ortib ketishi (9000 dan yuqori) leykositoz, kamayishi (4000 dan kam) leykopeniya deb ataladi. Limfotsitlar va monotsitlar ham leykotsitlarning bir turi — agranulotsitlarga (donasiz leyko- tsitlarga) kiradi. Immunitetning vujudga kelishida limfotsitlarning roli katta: ular toksinlarni zararsizlantiradi va antitelolar hosil bo‘lishida qatnashadi. Bundan tashqari, limfotsitlar gamma-globulin ishlab chiqaradigan plazmatik hujayralarga aylana oladi. Leykotsitlar miqdorini sanashda ham melanjer (aralash- tirgich)lar va to‘rida mikroskop orqali shaklli elementlar sanaladigan kamera bo‘lishi kerak. Leykotsitlar miqdorini aniqlash maqsadida qonni suyultirish uchun mo‘ljallangan melanjerning tuzilishi eritrotsitlarni ichida qo‘llaniladigan melanjer tuzilishiga o‘xshaydi. Bular orasidagi farq shundaki, buning noksimon kengaygan joyiga kapillar qismidagiga qaraganda 10 marta ko‘proq suyuqlik sig‘adi va uning noksimon kengaygan joyining yuqorisiga 11 raqami yozilgan bo‘ladi. Demak, agar bu melanjerga 1 belgisigacha qon, 11 belgisigacha suyultiruvchi suyuqlik olinsa, unda qon faqat 10 marta, agarda qon 0,5 belgisigacha, suyuqlik esa 11 belgisigacha olinsa, qon 20 marta suyultirilgan bo‘ladi. Leykotsitlarni sanashda aralashtirgich (melanjer)ga qon 1 bel- gisigacha olinadi va suyultiruvchi eritmani 11 belgisigacha yetkaziladi: bunda qon 10 marta suyuladi. Agar qonni 0,5 suyultiruvchi eritmani belgisigacha olinsa, qon 20 marta suyulgan bo‘lar edi, lekin oddiy tekshirishlarda qonda leykotsitlar miqdori kam bo‘lgani uchun bunday suyultirish talab qilinmaydi. Faqat qonda leykotsitlar miqdori juda ko‘payib ketgandagina u 20 marta suyultirilishi mumkin. Sanash kamerasi eritrotsitlarni sanashdagidek to‘ldiriladi. Faqat bunda mikroskop kichik va kattalashtirilgan holda sanaladi. Aniq bo‘lishi uchun leykotsitlarni 100 katta kvadratda, ya’ni 1600 kichik kvadratda sanash kerak. 1 mm3 qonda leykotsit borligini bilish uchun leykotsitlarning topilgan sonini 1600 ga bo‘lish va 4000 hamda 10 ga ko‘paytirish lozim.
| |
Просмотров: 10982 | |
Всего комментариев: 0 | |