Главная » Статьи » Tibbiyot

Me’da kasalliklarini davolash

Quruq yalpiz, qalampirmunchoqni qaynatib ichish bilan me’dadagi sovuq hildni yo’qotish mumkin.

Me’da va jigar oralig’ida qattiqlik va ozg’inlik bo’lsa, Arpa suvi foydali, uning miqdorini kun sayin ko’paytirib, 300g.gacha yetkazish mumkin.

7-8g.achchiq shuvoq (erman) suvda qaynatib ichilsa, me’daga quvvat bag’ishlaydi.

Kuni 7g.sariq bedani suvda qaynatib ichilsa, ko’pgina me’da hastaliklariga davodir.

Quritilgan o’rikni suvda qaynatib, 1 kundan so’ng ichilsa, me’da haroratining ortishiga davo bo’ladi.

Har kuni 3-4 g.sarimsoq istye’mol qilib yurilsa, me’dani tozalab, kuchga kirgizadi.

Ituzum poyasini yanchib, tashidan me’daga qo’yib bog’lansa, me’da shishini qaytaradi.

Har kuni 15-18 g.rayhonni yanchib, yoki qiymalab yesangiz, me’da zaifligidan qutilasiz.

Limon va shakar choyga solib ichilsa, qizigan me’daga quvvat bag’ishlaydi.

Me’dagizni quvvatli qilmoqchi bo’lsangiz, shirin bodomni hidi chiqquncha qizdirib, mag’zini yeng.

Muntazam behi yeb yurilsa, me’da qizishi va boshqa hastaliklarga davodir.

Bug’doy kepagidan non yopib yeyilsa, me’da namligini bartaraf qiladi, bug’doy noni esa me’daga quvvat.

Kuniga 3-4 g.dasht yalpizini yanchib suv yoki choy bilan ichilsa, me’dadan turli chiqindilarni haydaydi.

Har kuni 5-7g.zanjablni yanchib yeb olinsa, me’dadadagi namlik va g’aliz bodlar yo’qotadi.

Kuniga 7 g. Oshko’k urug’ini yanchib, sovuq suv bilan iste’mol qilinsa, haroratli me’da me’yoriga tushadi.

Handon pistaning hom mag’zi, sabzi, shirin olma sharbati me’daga quvvat beradi.

Oshqovoqning qurutilgan po’stini yanchib yesangiz, me’dadan qon oqishini to’xtatadi.

Semizo’tdan 60-120 g.ni maydalab sutga aralashtirib ichilsa, me’da qurtlarini o’ldiradi.

Moychechak gulini choy kabi damlab ichib yurilsa ham, me’da yarasiga shifo bo’ladi.

10 g.cha archa mevasini qurutib, yanchib yeb yurilsa, me’dadagi qurtlarni batamon o’ldiradi.

Me’da dardlariga tovuq sho’rvasi, guruch yuvilgan suv iste’mol qilish foyda beradi.

 

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (10.01.2016)
Просмотров: 1282 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar