Главная » Статьи » Tibbiyot

MIOKARD INFARKTI.

MIOKARD INFARKTI.

     Yurak mushagida nekroz o’chog’i hosil bo’lishi (ya’ni mushak bir qismining irishi-o’lishi)dan iborat kasallik.Aksari asteroskleroz oqibatida yoki stenokardiya xuruji paytida uzoq davom etgan spazm natijasida yurak toj (koronar)arteriyalarining tromb (qon laxtasi) bilan berkilib qolishi (trombozi) sabab bo’ladi.

Miokard infarkti ko’pincha yurak sohasida va to’sh orqasida paydo bo’lib uzoq davom etadigan va chap qo’l,chap kurakka “beriladi- gan ” qattiq og’riq bilan boshlanadi;og’riq ba’zan butun ko’krakka tarqaladi.Og’riq bemor tomir kengaytiruvchi dorilar (validol,nitroglitserin) qabul qilganidan keyin ham to’xtamaydi.Ba’zida deyarli og’-riq sezilmay qattiq bo’g’ilish va yurak astmasi xurujining boshlanishi yoki qorinda og’riq turishi miokard infartining dastlabki belgisi bo’la-di.Takroriy infarktlar og’riqsiz boshlanishi mumkin.

Miokard infartida bemor shoshilinch meditsina yordamiga muxtoj bo’ladi.Shuning uchun yurak sohasida og’riq paydo bo’lsa(validol yoki nitroglitserin qabul qilganidan keyin xam og’riq pasaymasa),dar-hol tez yordam chqirish zarur.Avvalo bemorga bemorga jismoniy va ruhiy jihatdan tinch sharoit yaratish;uni yotqizish va mumkin qadar tinchlantirish kerak.Vrach kelgunga qadar bemorga bir necha marota- ba nitroglitserin va validol berishmumkin;chalg’ituvchi vositalar:yu-rak sohasi va to’shga garchishniklar,oyoqlarga grelkalar qo’yish,qo’llarni isitish ahvolini birmuncha yengillashtiradi.Bemor odatda,kasalxonaga yotqizilishi kerak,yot     qizish vaqtini vrach aniqlaydi.Biror sabab bilan uyda davolanadigan bo’lsa,davo naïf vrach buyurgan rejimga qat’iy  amal qilish,bemorni yaxshi parvarishlash va uni to’gri ovqatlantirib turishga bog’liq bo’ladi.Dastlabki paytlarda bemor boshi sal ko’tarilgan qulay holatda,qimirlay,chalqancha yotishi lozim .U yotadigan xona tinch bo’lishi dar- kor;oldiga begona kishilar kirishi tavsiya etilmaydi;bemorni hayajondan extiyotlash kerak.Dastlabki kunlarda bemorga oz-ozdan meva suvi (1/4 stakandan kuniga 3-4 mahal),meva va sabzavot (olma,sabzi,avlagi,qora olxo’ri )shoresi,bug’da pishirilgan kotlet va ezilgan tvo- rog berish bilan cheklanadi.Ichni dam qiladigan masalliqlar masalan:no’xat,yangi karam va shu kabilarni rasiondan chiqarish,osh tuzi va suyuqlikni esa kamaytirish (sutkasiga 5 g gacha tuz va 600 ml gacha suyuqlik berish) kerak.Yog’lik go’shtli,dudlangan,tuzlangan,ziravorlangan taomlar,alkogolli ichimliklar ta’qiqlanadi.Bemorga mustaqil harakatlanishga ruxsat berilganidan so’ng oqsil va uglevodlarni ko’paytirish xisobiga parxez ovqat turi ham (qaynatib pishirilgan go’sht,baliq,yangi sabzavot va mevalar,jaydari undan yopilgan non beriladi) ko’paytiriladi.Bemorning ichi yurishib turishini kuzatib turish zarur.Kasallikning dastlabki 2 kuni mobaynida klizma qilish yoki surgi berish tavsiya etilmaydi.Bemorning ichi qotsa,keyinchalik klizma (2-3 kunda 1 mahal )qilgan ma’qul.Bemor chalqancha yota olmasa,vrach ruhsati bilan uni o’ng yonboshiga ag’darib qo’yish mumkin.Qimirlamay yotadigan davrida yotoq yaralar xosil bo’lmasligi bemorning badan terisini parvarishlash zarur,o’rniga qo’yiladigan tuvakning teshik bo’lishi (agar teshilgan bo’lsa,ich kiyim va choyshablarni darhol almashtirib turish zarur),choyshabning burmalanib qolishi yoki o’rniga ovqat ushoqlari tushushi mutlaqo aramaydi;bemor badanini (ayniqsa dumg’aza sohasini )vaqt-bevaqt atir yoki spirt bilan artib turish zarur. Infarkt bo’lib o’tgan bemor doim vrach nazoratida turishi va u buyurgan rejimga qat’iy amal qila borishi zarur. Xar bir bemorning o’ziga alohida rejim belgilanadi,biroq miokard infarktini boshidan kechirgan barcha kishilar bir qancha qoidalarni bajo keltirib borishi shart.Avvalo tunda yaxshi shamollatiladigan xonada yotib sokin,qattiq uxlashi kerak;uyqu muddati 7-8 soatdan kam bo’lmasligi lozim ; ma’lum bir vaqtda yotishi va turishi zarur.Yilning issiq paytlarida deraza fortochkasini yoki derazani ochib yotish tavsiya etila di.Kasallikdan dastlabki 2 oy mobaynida kunduzi ham dam olib turish foydali,bunda uxlamay 1-2 soat shunchaki yotsa ham bo’ladi.Tushlik oldidan yoki tushlikdan bir-bir yarim soat keyin dam olish maqsadga muvofiq;ertalab jismoniy mashqlar (10-15 minut) bajarishi kerak;mashqlarni vrach tanlab beradi. Ovqatni aniq belgilangan soatlarda kuniga kamida 5 mahal (har 2-3 soatda),oz- ozdan yeb turiladi.So’nggi ovqat uyquga yotishdan 3-4 soat ilari yeyilishi lozim.Kechki ovqatga oson xazm bo’ladigan tvorog yeb,qatiq ichish ma’qul.Kechqurunga tetiklantiradigan ichimliklar kofe yoki choy ichish tavsiya etilmaydi.Miokard infarktini boshidan kechirgan kishi jismoniy aktivligini cheklashga,kamroq harakatlanishga majbur bo’lganligi sababli uning semirib ketishiga qulay sharoitlar yuzaga keladi,shuning uchun ortiqcha ovqat yemasligi kerak.Tarkibida askorbinat kislota va B gruppasiga kiradigan vitaminlar ko’p bo’ladigan sut va o’simlik ovqatlari foydalidir.Iste’mol qiladigan suyuqlik miqdori sho’rva,kompot,kisel,sutni ham qo’shib hisoblaganda sutkasiga faqat 1,2-1,5 l ni tashkil qilishi lozim.Miokard infarktida chekish mutlaqo mumkin emas.Chekish yurak sohasidagi og’riqni kuchaytirib,tezlashtiradi va ko’pincha miokardning takror infarktiga sharoit yaratadi.Spirtli ichimliklar ham xuddi shunday ta’sir etadi.Infarktni boshidan kechirgan kishining mehnat faoliyati juda cheklanishi shart.Qattiq sovqotish,zo’r hayajonlarga tushishdan kishi o’zini saqlashi zarur.Kuch mobaynida va albatta uyqu oldidan toza havoda sayr qilish tavsiya etiladi.Sayr muddati bemorning ahvoli va kayfiyatiga qarab belgilanadi.Har kuni vrach belgilab bergan masofada yurub turish - yurak mushagini mustahkamlash hamda uniu mashq qildirib borishning eng yaxshi vositalaridan biri ekanli- gini esda tutish lozim. To’g’ri turmush maromini tutish,kuchi yetgancha mehnat qilish,tegishli kun tartibi hamda ovqatlanish rejimiga amal qila borish miokard infarktini boshidan kechirgan kishilar sog’lig’i uzoq vaqt yaxshi saqlanishiga imkon beradi.             

       MIOKARD INFARKTI  KASALLIGIGA CHALINGANDA BUYURILADIGAN PARXEZ TAOMLAR.

 Rasionda osh tuzi va erkin suyuqlik (taomlardagi suyuqlik kir- maydi) keskin cheklanadi.Bu dieta yurak-tomirlar sistemasi hamda buyraklarning funksional holati, xolestrin almashinuvining normalla- shuviga hamda qon aylanishi va buyraklar ishi yetishmovchiligi tufayli moddalar almashinuvida ro’y beradigan o’zgarishlarni bartaraf etish da foyda beradi.Ovqat qaynatib yoki bug’ga qo’yib pishiriladi,asosan maydalanmagan holda beriladi;masalliqlarni qovurish mumkin emas.Tuzsiz taomni mazasini yaxshilash uchun tuzni ko’p talab qilmaydi- gan maxsulotlar - sut mahsulotlari va tvorogli taomlar,meva yoki meva suvlari qo’shilgan pudinglardan keng foydalanish yoki ovqat pishirganda qand,asal,limon,limon suvi,limon kislota,qaynatilgan pomi- dor suvi,vanillin,dolchin,qalampirmunchoq qo’shish yo’li bilan taomlarga shirin,nordon yoki o’ziga xos ta’m berish tavsiya etiladi.Kunlik ratsion tarkibi:oqsillar-80 gr,yog’lar-70 gr ,osh tuzi faqat taomlarga sepib beriladi - 3 gr (miokard infarktidan boshqa kasalliklarning kompensatsiyalangan davrida vrach ruhsati bilan tayyor taomlarga tuz qo’shib berish mumkin; bunda qo’shimcha tuz miqdori 3-5 gr dan ortmasligi kerak),erkin suyuqlik (taomlardagi suyuqlikdan tashqari) 0,8 l.  

Ruxsat etiladigan taomlar:dietada buyuriladigan masalliq va taomlarga ruxsat etilib,lekin kamroq miqdorda berib boriladi,go’shtli va baliqli taomlar ko’pi bilan kuniga 2 mahal,kaliy tuzlariga boy masalliqlar (mayiz,bargak,o’rik,anjir,kartoshka,karam suvi)ko’proq miqdorda beriladi.

Ruxsat etilmaydigan taomlar:dietada man etilgan masalliqlardan tashqari gazak ( zakuska) lar ,javdar non,karam va karamdan tayyorlanadigan taomlar.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (29.01.2016)
Просмотров: 1887 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar