Главная » Статьи » Tibbiyot |
qismi ancha harakatchan bo‘lib, pastki qismi, ayniqsa, ayri qismi deyarli qimirlamay turadi. Hiqildoq, shuningdek, kekirdak yuqori qismining yon tomonini qalqonsimon bezning o‘ng va chap bo‘laklari berkitib turadi. Kekirdakning orqa tomonida, biroz chaproqda qizilo‘ngach joylashgan. Kekirdakning chap va o‘ng yonlaridan bo‘yinning katta qon tomiri va nervlari o‘tadi. Bronxlar. Kekirdak IV—V ko‘krak umurtqalari orasidagi umurtqalararo tog‘ay sohasida ayri holda ikki bronxga bo‘linadi. O‘ng bronx chap bronxga qaraganda kengroq va kaltaroq, chap bronx uzunchoq (deyarli ikki barobar) va torroqdir. O‘ng bronxda 6—8 ta tog‘ay halqasi bo‘lsa, chap bronxdagi tog‘ay halqalari soni 9—12 ta. O‘ng bronx deyarli tik yo‘nalib kekirdakning davomi hisoblansa, chap bronx ke- kirdakdan chapga burchak hosil qilib chiqadi va biroz gorizontal yo‘nalishga ega bo‘ladi. Bronxlar, o‘z navbatida, shoxlanib, katta-kichik bronxchalarga bo‘linib ketadi. Bronxlarning shilliq qavati kekirdak shilliq qavatiga o‘xshash tuzilgan. O‘pka — Pulmo (o‘pkalar — pulmones). O‘pkalar—ko‘krak qafasida yurakning ikki yonida joylashgan juft nafas a’zosi bo‘lib, o‘ng va chap o‘p- kalardan iborat. O‘pkalar kesilgan konusning yarmiga o‘xshaydi. Konus- ning asosi past tomondan diafragmaga tegib tursa, uchi birinchi qovurg‘adan 3-4 sm yuqorida yoki o‘mrov suyagidan 2—3 sm yuqoriroqda turadi. Har qaysi o‘pkada uchta oldingi, ostki va orqa qirra farq qilinadi O‘pkalarning medial (ko‘ks oralig‘iga qaragan) yuzasida, yurak o‘ymasidan biroz yuqoriroqda o‘pkalarga kiradigan bronx, o‘pka arteriyasi va o‘pkadan chiqadigan o‘pka darvozasi bor. O‘ng o‘pka chuqur ariqchalar yordamida uch bo‘lakka, chap o‘pka esa ikki bo‘lakka bo‘linadi. O‘ng o‘pka chapdagiga qaraganda kattaroq va hajmi ko‘p bo‘lishiga qaramay, bo‘yi chap o‘pkaga qaraganda qisqaroq bo‘ladi. Buning sababi shuki, o‘ng o‘pka tagida jigar joylashgan. Bronxlarning bo‘linishi — o‘ng va chap o‘pkalarga kirib keta- yotgan bronxlar o‘zidan maydaroq bronxlarga shoxlanadi. Har bir bronx oxiri mayda bronxlargacha bo‘linib, o‘pka uchi yoki asosigacha yetib boradi. O‘ng o‘pka asosiy uch bo‘lakka, chap o‘pka ikki bo‘lakka bo‘linadi. Bo‘laklar bronxi, o‘z navbatida, chap va o‘ng o‘pkada nechta segment bo‘lsa, ana shuncha segmentar Eng mayda, oxirgi bronxiolalar deb ataluvchi bronxiolalar o‘pka parenximasining birlamchi yachey- kalari bo‘lgan o‘pka pufaklari yoki alveolalarga ochiluvchi nafas yo‘l- lariga bo‘linadi. Alveolalar devori elastik tolalar va bir qavat o‘ziga xos epitelial hujayralaridan iborat. Alveolalar kapillar tur bilan o‘ral- gan. Shu yerda nafas olish vaqtida alveolalarga kirgan havo bilan alveolalarni o‘ragan kapillarlarga kelgan qon o‘rtasida havo almashinadi. Har bir bronxiolaga nafas yo‘li orqali bir emas, bir necha uzum boshini eslatuvchi alveola ochiladi. Nafas yo‘llari orqali alveolalari guruhi bilan tutashgan oxirgi bronxiola asinus deb ataladi. 12—18 asinuslar o‘pka bo‘lakchasini hosil qiladi. Bo‘lakchalar bo‘laklarga birikadi va ular har bir o‘pkani hosil qiladi. Plevra va plevra bo‘shlig‘i — ko‘krak qafasida uch mustaqil seroz bo‘shliq, chunonchi, ikki yon tomonda o‘pka xaltalari va o‘rtada yurakni o‘rab turuvchi seroz xalta bor. O‘pkani qoplagan seroz pardaga plevra, yurakni o‘ragan seroz pardaga perikard deyiladi. Plevra ikki varaqli, ichki varaq — visseral varaq, tashqi varaq pariyetal varaqqa bo‘linadi. Visseral plevra o‘pkani bo‘laklarga ajratib yoriq ariqlar ichiga kirib turadi. O‘pkaning ustidan har taraflama o‘rab olgan visseral plevra o‘pka darvozalariga kelganda bevosita pariyetal plevraga o‘tib ketadi. Pariyetal va visseral plevralar orasida plevral bo‘shliq bor. Plevra bo‘shlig‘ida ma’lum miqdorda suyuqlik bo‘ladi. Bu suyuqlik plevralarning bir-biriga qaragan yuzalarini ho‘llab, nafas olish va chiqarishda ishqalanishni kamay- tirib turadi. O‘pkada tarmoqlanib, qil tomirlarga aylanib ketadigan o‘pka arteriyasi yurakning o‘ng qorinchasidan o‘pkaga kislorodga kambag‘al venoz qonni olib keladi. Nafas natijasida alveola havo- sidagi kislorod qonga, qondagi karbonat angidrid esa alveoladagi havoga o‘tadi. Natijada qon kislorod bilan boyib, arterial qonga aylanadi va o‘pka venalaridan yurakning chap bo‘lmasiga qaytib keladi. Qon aylanishining shu yo‘li kichik qon aylanish doirasi deb ataladi. Gaz almashinuvi jarayonida uch asosiy faza farq qilinadi: tashqi nafas, qonning gazlarni tashib kelishi va ichki nafas (to‘qima nafasi). Tashqi nafas o‘pkada bo‘lib turadigan hamma jarayonlarni birlashtiradi va ko‘krak qafasi hamda muskullari, diafragma, o‘pka hamda havo o‘tkazuvchi yo‘l ishtiroki bilan yuzaga chiqadi. Ko‘krak qafasining bir maromda harakat qilib turishi odam nafas olganda o‘pkaga atmosfera havosi kirishini, nafas chiqarganda esa karbonat angidrid gaziga boy havoning o‘pkadan chiqib ketishini ta’minlab beradi. Nafasda ko‘p ishtirok etadigan muskul-diafragma bo‘lib, nafas olganda qisqarib, yassilanadi, ko‘krak bo‘shlig‘i ken- gayadi, ayni vaqtda ko‘krak qafasi muskullari ham qisqarib, ko‘krak bo‘shlig‘ini yanada kengaytiradi. O‘pka elastik bo‘lganidan ko‘krak bo‘shlig‘i devorlariga ergashib borib, o‘zi ham kengayadi. Bunda atmosfera havosi o‘pkaga kirib, uni to‘ldiradi, nafas olish deb shunga aytiladi. So‘ngra ko‘krak qafasi muskullari va diafragma bo‘shashadi, ko‘krak bo‘shlig‘ining hajmi kichrayadi, bunda o‘pkadan havo chiqib ketadi, bu nafas chiqarishdir. Ana shunday nafas harakatlari katta yoshli odamda minutiga 16—18 marta bo‘lib turadi. Nafas jarayonlarini markaziy nerv sistemasining maxsus bir bo‘limi — nafas markazi idora etib boradi. Qonda karbonat angidrid gazi va boshqa ba’zi mahsulotlarning to‘planishi bu markazni qo‘zg‘atadi, natijada nafas harakatlarining tezligi hamda chuqurligi kuchayib, qon shu mahsulotlardan tozalanadi. Nafasni idora etishda adashgan nervlar ham katta rol o‘ynaydi. Odam tinch turib, nafas olganida 500 l.ga yaqin havo kiradi. Juda chuqur nafas olganida ham qo‘shimcha 1500 ml atrofida havo yutish mumkin. Odam juda chuqur nafas chiqarganida esa qo‘shimcha ravishda yana 1500 ga yaqin havo chiqarishi mumkin, lekin shundan keyin ham nafas sistemasida yana 1500 ml atrofida havo qoladi. Nafasga olingan havoning hammasi ham gazlar almashinuvida ishtirok etavermaydi, og‘iz bo‘shlig‘i, burun-halqum, tomoq, traxeya, bronxlarda har safar 150 ml.ga yaqin havo qolib ketadi, zararli bo‘shliq deb shunga aytiladi
| |
Просмотров: 1840 | |
Всего комментариев: 0 | |