Главная » Статьи » Tibbiyot

O‘pka zotiljami — krupoz pnevmoniya

 

 

 

 

O‘tkir pnevmoniya bilan har qanday yoshdagi odam kasal­lanishi mumkin. Kasallik o‘z vaqtida to‘g‘ri davolansa, asorati qolmaydi. Agar kasallik o‘z vaqtida aniqlanmasa, to‘g‘ri davolanma- sa, har xil og‘ir asoratlarini kel- tirib chiqarishi, hatto o‘limga olib kelishi mumkin .

Etiologiyasi:

1. Pnevmo- kokklar, stafilokokklar, strepto- kokklar, Fridlender tayoqchasi, enterokokk, protey, ichak tayyoq- chasi, viruslar — gripp, para- gripp, adenoviruslar, rinosinsitial viruslar; mikoplazmalar; rikke- tsiyalar, Ku-rikketsiyalari; zam- burug‘lar keltirib chiqaradi.

2.Ko‘kyo‘tal, qizamiq, suv- chechak, ornitoz, brutselloz, tulyaremiya, ich terlama.

3.Allergiya: gijjalarga, dorilar- ga, mog‘or zamburug‘lariga, har xil changlarga allergiya borligi.

4.Fizik-kimyoviy omillar — aspiratsiya, jarohat, radioaktiv nurlar ta’siri.

5.Qattiq sovuq qotish, jismoniy va ruhiy toliqish, tananing zaharlanishi hamda kasallikka qarshi kurashish qobiliyatining susayishi.

Klinikasi. Kasallik o‘tkir boshlanadi. Ko‘pincha hech qanday alomatsiz titroq boshlanadi, tana harorati tezda 39—40°C gacha ko‘tariladi. Ko‘krakning shikastlangan tomonida og‘riq seziladi. U nafas yoki yo‘tal vaqtida kuchayadi. Nafas yuza, tez, og‘ir hollarda minutiga 40—60 gacha yetadi. Nafas vaqtida burun parragi uchib turadi. Dastlabki kunlari balg‘am ajralmaydi, keyinchalik yopishqoq, ba’zan zangrangli balg‘am oz miqdorda ajrala boshlaydi. Tomir urishi minutiga 100 martaga va undan ko‘proqqa yetadi.

Yuz rangsiz, yonoqlarda pushti rang paydo bo‘ladi, lablar biroz ko‘karadi, burun va lab atrofiga uchuq toshadi. Til quriydi va karash bog‘laydi. Ishtaha yo‘qoladi, ichi ko‘pincha to‘xtab qoladi, siydik oz ajraladi, to‘yingan, zarg‘aldoq-qizil rangda bo‘ladi. Bemor ancha bezovta bo‘ladi, alahsiraydi, ko‘pincha uyqusi qochadi.

Perkussiyada yallig‘langan o‘pka bo‘lagi ustida bo‘g‘iq perkutor tovush eshitiladi. Auskultatsiya qilib ko‘rilganda, bronxial nafas va krepitatsiya, keyinchalik kasallikning oxirgi bosqichidagi balg‘am tashlash mahalida har xil kalibrli nam xirillashlar eshitiladi. Bemorlarda yurak-tomirlar sistemasidagi o‘zgarishlar, puls tezlashib, arterial bosim pasayib qolishi, o‘tkir yurak yetishmovchiligining ko‘rinishlari, akrosianoz, nafas qisishi, bo‘g‘ilish (bo‘yin vena- larining bo‘rtib chiqishi, jigar kattalashuvi va oyoqlarga shish kelishi) kabilar yaqqol kuzatiladi.

Buyrak funksiyasida ba’zi o‘zgarishlar qayd etilib, siydikda bir oz miqdorda oqsil bo‘ladi. Nerv sistemasida, odatda, pnevmoniyada bemorlarning uyqusi qochadi, boshi og‘riydi. Kuchli ifodalangan intoksikatsiyada meningeal hollar (bosh og‘rig‘ining kuchayishi, ensa rigidligi, Kernig simtomi) paydo bo‘ladi.

Og‘ir hollarda meningeal alomati kuchli ifodalangan bo‘ladi. Es yo‘qoladi, bemor alahsiraydi, barmoqlarni to‘xtovsiz harakat qildiradi, orqa miya suyuqligi loyqa bo‘ladi, unda ko‘p miqdorda leykotsitlar va birmuncha pnevmokokklar yoki pnevmobatsillalar topiladi.

Laboratoriya tahlili. Pnevmoniyada qonda xarakterli o‘zgarishlar kuzatiladi. 1 mm3 qonda neytrofill leykositoz, ya’ni qonda leykotsitlar soni 20000—40000 ga yetadi. (20-109/l—40-109/l), tayoqchasimon yadrolilar yoki yosh neytrofillar miqdori ko‘payadi (chapga surilish).

Eozinofillar miqdori kamayib ketadi: og‘ir hollarda ular butunlay bo‘lmaydi. EChT tezlashadi. Balg‘amning bo‘yalgan surtmasi mikroskop ostida tekshirilganda, ko‘p miqdordagi pnev- mokokklarni ko‘rish mumkin.

Rentgenda yallig‘lanish jarayoni rivojlangan o‘pka bo‘lagiga mos keluvchi qoraygan zona aniqlanadi.

Asorati. O‘pka yallig‘lanishi ko‘pincha nafas organlari tomo- nidan — o‘pka kornifikatsiyasi, o‘pka abssessi va gangrenasi, plevra empiyemasi va kamroq hollarda meningit, yiringli perikardit, pnevmokokkli sepsis, yiringli artrit, gepatit, tromboflebit, peritonit.

 

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 1952 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar