Главная » Статьи » Tibbiyot

O‘tkir bronxit

 

Etiologiyasi. O‘tkir bronxit, odatda, traxeit va grippdan keyin rivojlanadi. Bundan tashqari, qizamiq, ko‘kyo‘tal, sil, difteriya kasallikni kelib chiqishida asosiy rol o‘ynaydi. Bu kasallikning asosiy sabablaridan biri nafas organlari shilliq pardasiga ko‘paya olish qobiliyatiga ega bo‘lgan mikroblarning tushishidir. Birinchi o‘ringa gripp qo‘zg‘atuvchilarini qo‘yish kerak. Bronxitni boshqa mikroblardan pnevmokokklar va kataral mikrokokklar, kamroq hollarda streptokokklar keltirib chiqaradi. Bronxlar shilliq par- dasining o‘tkir yallig‘lanishiga, avvalo, odamning sovqotishi, kasb- koriga aloqador zararli omillar, jumladan, sulfid, nitrat kislota bug‘lari, iprit, xlor, fosgen, jangovar zaharli moddalar, shu­ningdek, sulfat, azot va boshqa kislotalar bug‘larini kiritish mumkin. Bulardan tashqari, bronxitlarga fizik va meteorologik omillar, masalan, bronx shilliq pardasiga toshko‘mir, silikat changi, to‘qimachilik sanoati changlari kasallikni keltirib chiqarishga sabab bo‘ladi.

Klinikasi. O‘tkir bronxit kasalligida bemor tomog‘i qirilib, achishadi, tovushi bo‘g‘ilib qoladi. Oradan ko‘p vaqt o‘tmay yo‘tal tutadi. Ko‘krak qafasining yuqori qismida yo‘tal vaqtida og‘riq kuzatiladi. Dastavval, bemorlar quruq yo‘taldan shikoyat qiladilar, keyinchalik kasallik zo‘rayishiga qarab yo‘tal kuchayadi va shilliqli yoki shilliq-yiringli balg‘am ajrala boshlaydi.

Ajralayotgan balg‘am miqdori turlicha: ba’zi hollarda u kam, ba’zan esa juda ko‘pdir. Kasallik boshlanishida bemorning ahvoli og‘irlashadi, kamquvvatlik, charchoq paydo bo‘ladi. Infeksiya kuchli bo‘lganda birinchi kundan boshlaboq, tana harorati 38—40°C gacha ko‘tarilishi mumkin. Bemor o‘pkasi eshitib ko‘rilganda cho‘ziq dag‘al nafas va to‘g‘ri xarakterdagi xirillashlar aniqlanadi.

Bronxlarda yopishqoq sekret bo‘lganida hushtaksimon va guvillovchi quruq xirillashlar eshitiladi. Bemor og‘ir holatda bo‘lsa, yallig‘langan bronx shilliq pardasiga ko‘p ekssudat to‘planishi natijasida mayda va o‘rta, katta pufakli ho‘l xirillashlar eshitiladi.

O‘tkir bronxit bir necha kundan 2—3 haftagacha davom etadi. Shundan keyin ham bir necha haftagacha bemorning holi qurib, yo‘talgancha, balg‘am tashlab turadi.

Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 1367 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar