Главная » Статьи » Tibbiyot |
O‘tkir pnevmoniyalar
O‘tkir pnevmoniyalar — zotiljam (krupoz), asosan, o‘pka alveolalari, oraliq to‘qimasi va tomirlar sistemasining (ya’ni o‘pka to‘qimasidagi o‘tkir yallig‘lanish jarayoni) o‘tkir yallig‘lanish kasalligidir. U erkaklarda ayollarga nisbatan taxminan 1,5 marta ko‘p uchraydi, kasallik barcha yoshdagi guruhlarda kuzatiladi, biroq, bolalar, yoshi ulg‘aygan va qariyalar ko‘proq xastalanadi. O‘tkir pnevmoniyalar bilan kasallanish hanuzgacha yuqori bo‘lib kelmoqda. Xastalik aholining umumiy kasallanishi sonidan o‘rta hisobda qariyb 3 % ini tashkil qiladi. Hozirgi paytda antibakterial vosita turlarining ko‘p bo‘lishi va kasallik nisbatan yengilroq kechishiga qaramay, o‘lim hollari ham uchrab turadi.
| |
Просмотров: 1181 | |
Всего комментариев: 0 | |