Главная » Статьи » Tibbiyot |
Tekshirilayotgan organ va to‘qimaning bir qator funksiyalari palpatsiya yordamida aniqlanadi, masalan, tekshirilayotgan organ yuzasining xarakteri, uning shakli, konsistensiyasi, holati, kattaligi va atrofidagi boshqa organlar hamda to‘qimalar bilan o‘zaro munosabati, kasal deb taxmin qilinayotgan organ joylash- gan zonada haroratning yuqoriligi, teri namligi va boshqalar. Bundan tashqari, palpatsiya yordamida bemor holati — sezuv- chanligi yoki og‘riq aniqlanadi. Bularning borligini bemor mimika- sining o‘zgarishi yoki tana yoxud qo‘l-oyoqning reflektor haraka- tiga qarab bilib olinadi. Yuzaki va chuqur palpatsiya farq qilinadi. Yuzaki palpatsiya — cho‘zilgan bir yoki har ikki qo‘lning kafti bilan qilinadi: bunda tekshirilayotgan yuzaga bosilmaydi. Palpatsiyaning bu turi qorinni tekshirayotganda katta ahamiyatga ega, chunki uning yordamida qorin devorining tarangligi, og‘rishi, qorin bo‘shlig‘idagi jigar, taloq kabi organlarning kattalashganligi, shish borligi va boshqalar aniqlanadi. Patologik jarayon joylashgan yerni aniq bilishda chuqur palpatsiyadan foydalaniladi. U barmoqlar yordamida va zaruratga qarab, kuchli bosish bilan qilinadi. V.P. Obrazsov va N.D. Strajesko usullari bo‘yicha chuqur, sirg‘anma, metodik palpatsiyalardan foydalaniladi. Palpatsiyaning bu turidan foydalanib, ichakning ayrim qismlarini, me’daning katta egriligini, me’dadan chiqish yo‘lini va qorin bo‘shlig‘idagi boshqa organlarni ushlab ko‘rish mumkin. Chuqur palpatsiyada, palpatsiya qilinayotgan organning chegarasi, xususiyati boshqalarni yaxshi aniqlash maqsadida, uni qorin bo‘shlig‘ining orqa devoriga qisish uchun qo‘lni qorin bo‘shlig‘iga chuqur kiritish kerak. Sirg‘anma palpatsiya deyilishining sababi shundaki, palpatsiya qilinayotgan vaqtda qo‘l ham, tekshirilayotgan organ ham sirg‘anma harakat qiladi. Bunda palpatsiya qilinayotgan organ harakat qilinayotgan qo‘l ostida nafas ekskursiyasi vaqtida sirpanadi yoki palpatsiya qilayotgan qo‘l barmoqlari harakatchan organ ustida sirpanadi. Shuni qayd qilish kerakki, nafas ekskursiyasi vaqtida qorin bo‘shlig‘idagi organlar ham harakat qiladi, bunda organ diafragmaga qancha yaqin joylashgan bo‘lsa, uning harakati shuncha kuchli bo‘ladi. Ma’lum hollarda bimanual palpatsiya deb ataluvchi palpatsiya- dan, ya’ni ikkala qo‘l bilan ushlab ko‘rishdan foydalaniladi. Bunda bir qo‘l tekshirilayotgan soha yoki organni ma’lum holatda ushlab turadi yoki palpatsiya qilayotgan qo‘lga xususiyati o‘rganilayotgan organni yaqin keltiradi. Palpatsiyaning bu turidan foydalanib organni, masalan, buyrak yoki o‘smani, ba’zan ikki qo‘l bilan ushlab olib, ularning shakli, kattaligi, konsistensiyasi, xususiyati, yuzasi, harakatchanligi va boshqalarni aniqlash mumkin. Palpatsiyaning bu turidan, asosan, buyrak, jigar, taloq, o‘sma- lari kattalashgan bachadon va ayollarning boshqa ichki organlarini tekshirishda qo‘llaniladi. Turtkisimon yoki ballotirlovchi palpatsiya qorin bo‘shlig‘ida suyuqlik yig‘ilib qolganda jigar, taloq va o‘smalarni ushlab ko‘rishda qo‘llaniladi. O‘ng qo‘l barmoqlari yozilgan holda bir-biri bilan jipslashtirilib, qorin devoriga, palpatsiya qilinayotgan organ bor deb taxmin qilingan sohaga perpendikular ravishda qo‘yiladi: barmoqlar qorin devoridan olinmagan holda bir necha marta qisqa va kuchli turtiladi. Odatda, bunda barmoqlar qidirila- yotgan organ yoki o‘smaga borib uriladi. Palpatsiya vaqtida bemor mushaklarini maksimal darajada bo‘shashtirgan holatda turishi kerak. Tekshirish maqsadiga ko‘ra, bemor palpatsiya vaqtida turgan, o‘tirgan va yotgan holatda bo‘lishi mumkin. Yotish holatida chalqancha va yonboshlab yotish kerak. Ko‘pincha bemorlarni chalqanchasiga yotqizib tekshiriladi. Bunda bemorning boshi va yelkalari birmuncha ko‘tarilgan bo‘lishi kerak, chunki bunda qorin mushaklari birmuncha bo‘shashadi. Qo‘llarni tana bo‘ylab uzatib yotish kerak, oyoqlari uzatilib, agar qorin mushaklari ortiq darajada bo‘shashtirilishi talab qilinsa, tos-son va tizza bo‘g‘inlarini qisman bukib yotiladi. | |
Просмотров: 5070 | |
Всего комментариев: 0 | |