Главная » Статьи » Tibbiyot

Perkussiya (urib ko‘rish, tukillatib ko‘rish)

 

 

 

 

Perkussiya tekshirish usuli sifatida tibbiyotga 1761-yili Auenbruger tomonidan joriy qilingan bo‘lib, hozir ham undan keng foydalaniladi. Tekshiriladigan joyga to‘g‘ridan to‘g‘ri ko‘r- satkich barmoqning yumshoq yostiqchasi bilan tukillatib urib ko‘rish orqali perkussiya qilish mumkin, lekin barmoqni barmoqqa urib perkussiya qilish ma’qul. Bevosita va bilvosita perkussiyani farq qiladilar.

Bevosita perkussiya bemor tanasiga bir yoki juftlangan bir necha barmoq uchlari bilan urib ko‘rishdan iborat. Bilvosita perkussiyada zarb to‘g‘ridan to‘g‘ri bemor tanasiga berilmaydi, balki uning ustiga qo‘yilgan biror buyum orqali urib ko‘riladi. Plessimetr deb ata- luvchi bu buyum rolini birorta qattiq metall (ko‘pincha metall yoki suyak)dan yasalgan plastinka o‘ynaydi. Uni ushlash qulay bo‘lishi uchun, yonlari sal qayrilgan bo‘ladi. Plessimetrga zarb barmoq yoki uchiga rezina o‘rnatilgan maxsus bolg‘acha bilan beriladi.

Hozirgi vaqtda barmoqqa barmoq bilan urib ko‘rishdan iborat bilvosita perkussiya keng tarqalgan. Perkussiyaning bu turida ko‘krak qafasiga zich qilib qo‘yiladigan chap qo‘l o‘rta yoki ko‘rsatkich barmog‘ining o‘rta yoki tirnoqli bo‘g‘ini plessimetr bo‘lib xizmat qiladi. Qo‘lning boshqa barmoqlari ham bemor tanasi yuzasida turishi, lekin ular bilan plessimetr — barmoq orasida ma’lum masofa bo‘lishi lozim.

Plessimetr — barmoqqa zarb, odatda, o‘ng qo‘lning yoy shaklida bukilgan o‘rta barmog‘i bilan beriladi. Bunda bolg‘acha rolini o‘ynayotgan barmoqning plessimetr — barmoqqa perpendikular tushishiga alohida ahamiyat berish kerak.

O‘ng qo‘lning boshqa barmoqlari birmuncha ko‘tarilgan bo‘lishi kerak. Bir tekis turtkilar olish uchun perkussiya qilayotgan qo‘l perkussiya qilinayotgan qo‘l bilan barobar harakat qilishi lozim. Perkutor turtki keskin berilishi kerak, ya’ni turtkidan so‘ng bol- g‘acha — barmoq plessimetr — barmoqdan sakrab qaytib ketishi shart: aks holda, bolg‘acha barmoq plessimetr — barmoqqa ushlanib qolib, yuza to‘qimalar tebranishini to‘xtatib qo‘yadi va bu bilan tovush to‘lqinlari hosil bo‘lishiga xalaqit beradi. Har bir yangi joy perkussiya qilinayotganda ketma-ket berilgan 2—3 turtki hosil qilinayotgan tovush haqida tasavvur hosil qilish imkonini beradi.Sog‘lom odamda gavda ustidan uch asosiy tovush: tiniq, bo‘g‘iq va timpanik tovush aniq­lanadi. Bu tovushlar qattiqlik darajasi va uzoq davom etishi bilan xarakterlanadi. Turli to‘qi- malarning shu tariqa tovush chiqarish xossalari bir necha sabablarga: to‘qimalarning elastik xossalari, organlarda havo bor-yo‘qligi va organ tuzilishining bir xilligiga bog‘liq.

Tiniq tovush qattiq, past bo‘lib, uzoq davom etadi. Elastik to‘qima va havodan iborat o‘pka ustidan chiqadi. Muskullar ustidan chiqadigan perkutor tovush, aksincha, sekin, baland va kalta — bo‘g‘iq bo‘ladi (to‘qimaning bir xilda tuzilganligi va havo yo‘qligi uchun).Elastik devorli ichi bo‘sh organlar (ichak, me’da) ustidan me’yorda timpanik tovush chiqadi. Bu tovush har xil tonda, birmuncha balandroq yoki bo‘g‘iqroq bo‘lishi mumkinki, bu — organ ichidagi havo miqdoriga va elastik devorlarining nechog‘liq tarang turganligiga bog‘liq (masalan, ichakda bir talay gazlar to‘planib qolganida baland tonli qattiq timpanik tovush chiqadi).

Perkussiya vaqtida qo‘yilgan maqsadga qarab, uning ikki turini farqlaydilar:

  1. qiyosiy perkussiya, buning yordamida ikki anatomik bir xil qismning perkutor tovushi taqqoslab ko‘riladi;
  2. topografik perkussiya, bundan maqsad anatomik har xil bo‘lgan sohalarni bir-biridan ajratish va shuningdek, organlar chegarasining tana yuzasiga aksini aniqlashdir.
Категория: Tibbiyot | Добавил: azizjon_ibragimov (17.05.2016)
Просмотров: 3025 | Рейтинг: 0.0/0
Всего комментариев: 0
avatar